Chimildiqsiz tunda oy ham
hayron bo’ldi.
Bitta g’uncha ochilmasdan xazon
bo’ldi
Gul yoshida o’z-o’zini
tiymagan qiz.
Hayotida oppoq libos kiymagan
qiz.
Gunohingni ko’z yoshlaring
yuvmas endi,
Havas qilgan yigitlar ham
quvmas endi,
Afsus senga hech kim sovchi
qo’ymas endi
Gul yoshida o’z- o’zini tiymagan
qiz,
Hayotida oppoq libos kiymagan
qiz.
Karnay-surnay chalinmasdan
o’yin qoldi,
Yor-yor degan hayajonli kuying
qoldi.
Bahorlarda belgilangan to’ying
qoldi,
Gul yoshida o’z- o’zini tiymagan
qiz,
Hayotida oppoq libos kiymagan
qiz.
Oh ursang ham Allohga yetmas
endi,
Ming ta’zim qilsang ham otang
kechirmas endi,
Hechkim seni nazariga ilmas
endi,
Gul yoshida o’z- o’zini tiymagan
qiz,
Hayotida oppoq libos kiymagan
qiz..!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6