(14 qism)
Nixoyat to'y xonaga yetib keldik. Karnak - surnay sadolari ostida bizni kutib olishdi. Davrani aylanib kelin kiyov uchun tayyorlangan maxsus joyga o'tirdik. Dasturxon xam did bilan bezatilgan, menga xammasidan to'rt yoqdi 3 qavatli to'rt tepasiga ''baxt tilap'' dep yozilgan. Artistlar xam is'tedodli ekan davrani darov qizitib yuborishdi. Ota-onalarimiz, dugonalar, qarindosh va yaqinlar xammasi eng ezgu tilaklar bildirip so'zlarini raqslari bilan isbotlashardi. Men esa tinmay xammaga anjancha kelin salom berardim. Xullas xamma yoyilip, sochilip mazza qilib o'ynadi. To'yni final qismini albatta kelin kiyov valsi yakunladi. Valsga tushyapmanu xayolan xuddi osmonlarda uchyapman, baland balandlarga. Xayolan rosa uchyatudim bir maxal xayolimi uchirip oyog'imni kiyov bola tepalab olsa bo'ladimi, lajada xamma kulvordi. Bu vidioga xam chiqib qolgan to'y vidiosini ko'rsak xam rosa kulamiz. Shunday qilib to'y xam o'tdi.
To'ydan 3 kun o'tiboq xaqiqiy xayot boshlandi. Ishoning xayot boshqa, internet boshqa ekan. Xullas saxar oyi boshlandi. Ertalap 4 da turish naqadar qiyin, lekin majbursiz yana ozgina uxlagilariz keladiyey biram, tur Osiyo tur uyg'ona qol ana qaynonang xam turdi xozir qoshlarini chimiradi turmaseng. Kelinlik davri aslida, qizlarni askarlik davri. Yangi xayot, yangi muxit, yangi sharoitga ko'nikish kerak. Bir kuni uxlap qolib soat 5 da turipman. Qaynonamni qoshlari chimirilip qoldiyu, shunaqangi xijolat bo'ldimki. Uzur so'rap ishimni qilaverdim. Shoshilip shoshilib, sharaqa shuruq qilip ko'chalarni supuryotsam qo'shnilar xam menga aypdor odamday qarash berdi qaynonam yetmaganday. Xamma qo'shni kelinlar supur bo'lgan ekan ko'chalarini. Qaynonamni kun bo'yi chimirilgan qoshlari joyiga tushmadi barbir. O'ziyam odam o'ldirganday aypdor xis qildim o'zimni. Bilmadim negadur menga qaynonam meni uncha yoqtirmaganday tuyulardi. Tog'ri yomon gapirmasdi, lekin yaxshi xam gapirmasdida. Bu xolat 10 kuncha davom etdi. Yo'q ortiq bunday davom etishi mumkun emas STOP! nimadur qilishing kerak Osiyo. Shu payt oyimni o'gitlari yodimga tushib ketdi. Oyim doim aytardilar. Bir qaynonani uddasidan chiqolmagan kelin kelin emas. Agar qaynonang seni qiziday ko'rishni istasang, avval sen qaynonangni onangday ko'r. Xo'sh demak qaynona opiratsiyasini boshladim. Yo'q men deyarli hech narsa qilmadim, shunchaki onamday ko'rdim va mexrimni berdim. Vaziyatga boshqacha baxo berdim qaynona xam bir ona dep o'zimga uqtirdim. Qizig'a odamga oddiygina mexr kerak. Bo'lmasa mexr dunyodagi eng arzon narsa. Undan xam qizig'i qancha bersangiz xam kamaymaydi, aksincha berganiz sari mexr ko'payaveradi. Olloxga shukr qaynonam bilan xam chiqishib oldik, endi qiziday ko'radi. Tog'ri oson bo'lmadi ovqatni kuydirip qo'ysam qancha urishardilar. Oz ovqat qilsam xam urishardi, ko'p ovqat qilsam xam urishardi. Bazida yig'lap xam olardim, bazida ichimda uff dep urishardim faqat ichimda jim buni yana qaynonam bilip qolmasina. Mana ancha narsani o'rgatdilar urishgan bo'lsalar xam, sal kam super kelinchak qildilar.
-Bir kuni so'radim oyijon boshida nega meni uncha yoqtirmadiz?
- O'g'limni boshini aylantirib tegvoldi dep o'ylardim. Internetdan topgani uchun uncha ishonmasdim sizga qizim.
- Voy oyi unaqamas og'liz meni boshimni aylantirvoganu dep boshimdan o'tkizganlarimni aytib berdim.
- Sabrizga tan berdim oxiri ko'nglini topibsizda.
-Bilmadim oyijon bazida yonimda bo'lsa xam xayolan uzoqday tuyuladi. Tog'ri baxtli qilishga xarakat qilyapti lekin barbir xotira degan narsa oldida bazida ojizlik qiladi. Yaqinda toshkentga qaytamiz birga diyapdilar ish topibdi diplomini xam olarkan. Men biroz qo'rqyapman eski xotiralar o'z xukmini o'tkizmasmikin, lekin chekinish yo'q. Bilasmi biz xozir xam netda gaplashib turamiz kulgiliga o'ziga aytolmagan gaplarimni netda yozvoraman oldimda bo'lsa xam. Xuddi ancha yil oldingiday o'n minglap onlaynlar ichida faqat uni kutaman. Xali kuni xam nega telfonizga yopishib qoldiz dep urishdizu shunda xat yozyatudimda kulguliga.
- Trafikdi ketkizib oldizda bo'lsa nima qilas yozib.
- Voy oyijon trafik ketishini xam bilasmi xaxaxaxa ekanomchi oyimdaney.
Qaynona keling dardlashib Hero kelganini xam bilmay qolibmiz.
- Assalomu alaykum qachon keldiz yaxshi keldizmi?
- Xa qaynana kelin nimani g'iybatlashyatudilar keganimi xam bilmadilar. Xo'sh nima ovqatilar bor.
- Bugun palov xozir suzip kelaman.
- mmm ovqat shirin bo'ptilar oyim qildilarmi dep xazilaship qo'ydilar.
-Toshkentdan ish topdim diplomimi xam olaman lash lushlarizi yog'e kiyimlarizni tayyorlang 3 kundan keyin toshkentga ketamiz.
Meni esa negadur ketgim kelmasdi. Oyog'im tortmasdi, ko'nglim qandaydur noxushlikni sezganday g'ash. Oyim biz bilan ketgani unamadilar rosa yalinsam xam unamadi. Lash lushlarni yig'ishtirib biz yo'lga otlandik. Onam duo qilib ko'zlarida yosh bilan kuzatdilar. Mashinaga chiqgim kelmay zo'rg'a chiqdim mashina oynasidan oyimga mayus ko'zlarim bilan boqardim. Oyim esa tobara uzoqlashib ko'rinmay borardi....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев