#Shaxsiy_ijod
📎Ona boʻlsin
Hayot yoʻli armonlarga toʻla ekan
Orzu asli saroblarga toʻla ekan
Baxt oʻrniga azoblarga toʻla ekan
Tangrim endi sabr bergin koʻnglim koʻnsin
Sevganimga farzand bergin ona boʻlsin.
Ikki dilning jafolarda yonganin koʻr
Borib yorning mensizlikda axvolin soʻr
Bugun sogʻinch koʻkragimni ezgʻilar zoʻr
Tangrim endi sabr bergin koʻnglim koʻnsin
Sevganimga farzand bergin ona boʻlsin.
Hayol surib achinganday yuragimga
Sevgim uchun jonim bergan jur'atimga
Termuladi ota uyda suratimga
Tangrim endi sabr bergin ul yor koʻnsin
Sevganimga farzand bergin ona boʻlsin.
Toki koʻngli ovunsin shu bola bilan
Menku kunim oʻtar shunday nola bilan
Koʻzlarimda qotib qolgan jola bilan
Tangrim endi sabr bergin koʻnglim koʻnsin
Sevganimga farzand bergin ona boʻlsin.
Erkalatsin sochlaridan silab-silab
Esga olib Muhammadin yigʻlab-yigʻlab
Hijron haqda qoʻshiqlarni tinglab-tinglab
Tangrim endi sabr bergin ul yor koʻnsin
Sevganimga farzand bergin ona boʻlsin.
© Muhammad Aziz T.me/sohilimiz 💔💔💔💔💔💔💔💔💔💔
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев