Предыдущая публикация
Bugun Marhamatga yo‘lim tushdi-yu
Tanish teraklarga ko‘zim tushdi-yu
Tilimdan bezabon so‘zim tushdi-yu
Ko‘nglim neni istar anglolmayapman
Ko‘klamoyning ko‘kin teriblar keldim
Yo‘lamatol bog‘in keziblar keldim
SHunda bir zot yotar seziblar keldim
Tuprog‘ini quchib ketolmayapman.
Ko‘zimdan shashqator to‘kilar yoshim
Haykaliga qarab sinar bardoshim
SHe'rlari qalbimda o‘chmas quyoshim
Qo‘l uzatib sira yetolmayapman
Yig‘lab qoldi bugun axli Andijon
Sizlab qoldi bugun axli Andijon
Izlab qoldi bugun axli Andijon
Dilimdagin sizday yozolmayapman
26-aprel. 2020 Muhammad Aziz t.me/MuhammadazizOfficial
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев