4.3 (6)
Doimo muhokamaga va insonlar qiziqishiga sabab bo‘lib kelayotgan choy va uning xususiyatlarini bugungi kunimizning mavzusi sifatida tanlasak hech kim qarshi bo‘lmaydi deb o‘ylaymiz!
Ko‘k choy tibbiy jihatdan foydalari juda ko‘p. Unga odatiy ichimlik sifatida emas, shifobaxsh damlama sifatida qarash o‘rinli. Agar, shunday bo‘lmaganida, xitoylik hamda yaponyalik yoshlar “Choy tayyorlash va damlash” maxsus kurslariga yillab qatnamagan bo’lishardi.
Xo‘p, foydali tomonlari qanday deysizmi? Unda sabr bilan o‘qing!
Qon bosimi ko‘tarilganda uni normallashtiradi;
Stress paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi;
Charchoqni chiqaradi ( Biokimyoviy tarafini yozib boshingizni og‘ritishni istamadim!);
Kayfiyatni ko‘trib, insonni tetiklashtiradi;
Xotirani yaxshilaydi. E’tiborni jamlashga xizmat qiladi. ( Tarkibidagi mikroelementlari, albatta.);
Qonni suyultirib, tromblar hosil bo‘lish xavfini kamaytiradi. (Keksalar uchun);
Zarurat tug‘ulganda sterill muhitda (термизда) saqlangan choyning antibakteriyal xususiyatidan foydalanib, yaralarni dezinfeksiya qilish mumkin. (Xalq tabobati);
Yomon xolesterinni organizmdan chiqib ketishini ta’minlaydi;
Ayollardagi bachadon saratoni, erkaklarda esa piyeri kasalligi kelib chiqishining asosiy oldini oluvchisi hisoblanadi;
“Va boshqalar.” – deya tugata qolay. Sababi, yana davom ettirsam, maqolani aniq oxirigacha o‘qimaysiz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев