yig'lamoq - tavbadir...
Yig‘lamoq – tavbadir, Yig‘lamoq alam, Ko‘zyosh – tazarrudan yaralgan chashma. Quvonchmi, shodlikmi, qayg‘umi yo g‘am, Odam zoti azal yig‘iga tashna. Yig‘lang, Armon hecham rahna solmasin, Tashqari chiqarib bor g‘uborlarni, Yig‘lang, Kiprigingiz qurib qolmasin, Eslab, nadomatu, afsus, zorlarni... Yig‘lang, o‘ksib-o‘ksib, Tavbalar aylab, Gunohlar to‘kilib ketgunga qadar... Pushaymonlik hissin ko‘ngilga joylab, Duo ijobatga yetgunga qadar Yig‘lang, Yig‘layvering, Qadringiz sabab, Qimmatingiz yerga urilgani chun... Adolat so‘rab, Haqdan panoh topib olganingiz kun Yig‘lang, To‘yib-to‘yib, mayli, olmay tin, Yukdan holi bo‘lib qolguncha gardan. Yaratgan umrimiz holi aylasin, Yig‘lashni bilmagan bag‘ritoshlardan... Yig‘lang, Ko‘z yoshiga to‘lib ketsin qalb, Ko‘ngil dunyosiga yoyilsin behad... Titrasin avflarni so‘raguvchi lab, Ruhingiz o‘shanda olarkan rohat... Yig‘lang, Boshingizni qo‘yib sajdaga, Niyatni pok etib, ma'zurlar aytib, Yaxshiga yondashib, yomondan qaytib, Ko‘z tikib Allohdan kelar mujdaga, Yig‘lang, Bag‘ringizga to‘lganida qon, Ziyoga intilish to‘xtagani on, G‘alat talvasani tuyganida jon, Chorasiz qolganda begunoh inson, Razolatga botib qolganda jahon, Vijdon qiynoqlardan chekkanda fig‘on, Insof yiroqlarda kezganda sarson, E'tiqod sotilsa suvdan ham arzon, Adolat bo‘zlasa yo‘lda beimkon, G‘uborga oshino bo‘lganda imon, Yig‘lang, Titrab yig‘lang, Ich-ichdan yig‘lang…
m.ok.ru/group/53606258835709
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4