Предыдущая публикация
Siz uchun suvga yo'l olsam... Manzildan adashib cho'llarda qolsam... Sizni deb oshkora tig'ga chang solsam -- Mendan keyin meni eslarmikansiz..? Sizga bor dunyoning sirin fosh qilsam Zulmiga berib dosh, ko'zda yosh -- kulsam... Sizni deb men mag'rur dorga bosh ilsam Mendan keyin meni eslarmikansiz..? Qaniydi xasta dil so'rog'in yechsam... Haqiqat sharobin to'yguncha ichsam... Siz uchun bir butun dunyodan kechsam Mendan keyin meni eslarmikansiz..? Sizni deb -- Dunyoda bor g'amni yutsam.
Baxt tilab baxtimga qo'l siltab ketsam. Biz uchun umrini qilgan deb xazon Mendan keyin meni eslarmikansiz???
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6
Endi mensiz firoqda yig'lash sening navbating.
Kelmas eding chorlasam,sindirib tosh sabrimni.
Endi kutib bagringni tig'lash sening navbating.
Yolg'on sozim yoq xamon sozlayabman tik turib,
Tushlarda xam ox urib,uxlash sening navbating.
Bugun xijron menga yot,qalbdan ochdi surating.
Jonni soginch qorida sixlash sening navbating.
Endi kutma bormayman na kunduz na kechangga.
Xar kun kochamga kelib yoqlash sening navbating