Предыдущая публикация
Quvonching ko'rib quvonsin dilim.
Birgina o'tinchim dildagi so'zim,
Men uchun o'zingni asra sevgilim!
G'amli kunlaringga qilma itoat,
O'zingni asragin jonginam faqat.
Qolmaganida ham yashashga toqat,
O'zingni asragin men uchun faqat!
Alamlar boshingni egib ketsa ham,
Ishongan do'stlaring sotib ketsa ham,
Yashashdan umiding so'nib ketsa ham,
Men uchun yashagin, mening sevgilim!
Dunyoga kelib, yashab shuncha vaqt,
Bir seni deganman jonginam faqat.
To'lib ketganda ham hayotga nafrat,
Sen uchun yashadim, sen uchun faqat
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев