To'fondek to'xtamay umr o'tkazdik.
Izzat ilinjida mansab talashib,
Odamday yashamay umr o'tkazdik.
Topganimiz - go'zal qizlar nigohi,
Qilgan hadyamizning bo'lmay adog'i,
Onaizorimiz qabriga gohi
Bitta gul to'shamay umr o'tkazdik.
Suyganni siylamoq qo'ldan kelmadi,
Suymasga suykanib ko'ngil to'lmadi.
Do'st holin so'rmoqqa fursat bo'lmadi,
Yo'qladik-yo'lamay umr o'tkazdik.
Kimgadir ilinib oltin devorni,
Kimdandir qizg'onib qishda ham qorni.
Qanotiga kirib xudo bezorni,
Nochorni qo'llamay umr o'tkazdik.
Iblisni inim deb quchdik gohida,
Arshda arg'imchoqlar uchdik gohida.
Shayton bilan sharob ichdik gohida,
G'aflatdan bo'shamay umr o'tkazdik.
O'zdan o'tganidan o'zimiz ogoh,
Ikki yelka to'la bir dunyo gunoh.
Nasib etgaymi endi odamday o'lmoq?..
Odamdek yashamay umr o'tkazdik.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев