Предыдущая публикация
Bilmagan dunyo!
Zarradan to Koinot qadar,
Ham ayon, ham tilsimot qadar
Fikrat bovar qilmagan dunyo!
Men ham sendan
Bir qism bo‘lib,
His, idrok, jon va jism bo‘lib
Yaralibman, yashamoqdaman.
Oqar ekan tiriklik – daryo
Hayot bilan goh to‘lqin aro,
Xayol bilan goh qirg‘okdaman.
Kuylamoqning shavqi ham – yashash,
O‘ylamoqning zavqi ham – yashash,
Qay biri chin hayot – bilmasman,
Elga ochdim quchoqlarimni,
Yelga sochdim xush choqlarimni,
Lekin tungi qiynoqlarimni
Hech kimsaga hadya qilmasman.
1976
E.Vohidov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Bilmagan dunyo!
Zarradan to Koinot qadar,
Ham ayon, ham tilsimot qadar
Fikrat bovar qilmagan dunyo!
Men ham sendan
Bir qism bo‘lib,
His, idrok, jon va jism bo‘lib
Yaralibman, yashamoqdaman.
Oqar ekan tiriklik – daryo
Hayot bilan goh to‘lqin aro,
Xayol bilan goh qirg‘okdaman.
Kuylamoqning shavqi ham – yashash,
O‘ylamoqning zavqi ham – yashash,
Qay biri chin hayot – bilmasman,
Elga ochdim quchoqlarimni,
Yelga sochdim xush choqlarimni,
Lekin tungi qiynoqlarimni
Hech kimsaga hadya qilmasman.
1976
E.Vohidov