Iblis vorislari hujumi.
Zulmat farishtasi qabul qilgan bu qarorni ochigʻi men ham u qadar maʼqullamayman, boisi uning qoʻshini anchayin toliqqan muttasil oʻtkazilgan janglar qoʻshinni anchayin holdan toydirdi, qolaversa oʻzining otliq bo'linmasi ham Orklar bilan bo'lgan jangda deyarli yakson bo'lgan bor yoʻgʻi mingta suvoriy qoldi, bundan tashqari Iblis vorislarining soni aniq emas, ushbu hulosalardan koʻrinib turibdiki Beshinchi ritsar shoshib qaror chiqargan hamda uning mazkur qarori xato bo'lishi va ushbu qarorning xatosi unga juda ham qimmatga tushishi ham ehtimoldan holi emas. Iblis vorislari Orklarga qaraganda biroz kuchsiz koʻringani bilan aslida ulardan qudratliroq sanaladi ( Iblis vorislari haqida ingilizlarda bir qator afsonalar mavjud ulardan eng ishonchlilarini eʼtiboringizga havola qilaman, qalbini iblisga sotgan hamda razillik yoʻlini tanlagan odamlardan shunday qoʻshin bunyod etilgan deya ta'kidlanadi, oddiy odam kabi hayot kechirishgan soʻzlagan, ammo inson yuragi bilan oziqlanadi deya aytib oʻtilgan, ular oʻz oʻljalarining yuraklarini sugʻurib olishgan, gohida insonga yoʻliqmasalar hayvonlarni ham shu koʻyga solishgan, ingiliz afsonalarida ularning vampirlarning davomchilari deya ham ta'riflashgan ), otliq qo'shin ham ularga qarshi tura olmasligi mumkin, qolaversa tezlik borasida ularning oldiga tushish anchayin mushkul bu borada ular goblin va vampirlardan biroz ortda qoladilar ammo qolgan mavjudotlarning barchasi ularning ortida qolishi turgan gap. Zulmat farishtasi yana bir ehtimolni nazardan qochirdi, u oʻz qoʻshini bilan yoʻlga chiqqan taqdirda ham arbaletlarning kichiklarini oʻzi bilan olib ketishi mumkin, qolgan katta arbaletlar va manjaniqlarni Vessex shahrida qoldirib ketishga majbur boʻladi, boisi bunday ulkan qurollar bilan harakatlanish anchayin sekinlashadi hamda qoʻshinni yana ham holdan toydiradi, koʻrinib turibdiki bu safar undan imkon anchayin kam. Kuchlar va qurollanish deyarli bir hil ikki qoʻshindan qay biri gʻolib chiqishi haqida joʻyali bir fikr aytish shu qadar mushkulki buni tasavvur ham qila olmaysiz...
Shunday qilib Zulmat farishtasi ta'kidlangan qoʻshinni olib yoʻlga otlandi, butun shahar aholisi va qoʻshin Zulmat farishtasi va uning qoʻshinini kuzatish marosimiga chiqdilar, nogʻoralar sadosi hamda shahar minorasiga joylashtirilgan burgʻuning baland ovozi ostida Beshinchi ritsar hamda uning qoʻshini mardonavor shaharni tark eta boshladi, shahar aholisi oʻzining haloskori ularni butunlay tashlab ketayotgandek chuqur qayg'uga botgan, shahzoda Erik boʻlsa Zulmat farishtasining ortidan ergashish ishtiyoqida yonmoqda, qoʻshin butunlay shaharni tark etib boʻldida shahar atrofini oʻrab turgan oʻrmon ichiga kirganicha koʻzdan gʻoyib bo'lishdi...
Shahzoda Erik oʻzining honasiga qamalib olganicha qandaydir reja ustida obdon bosh qotirmoqda : " Hozir shaharni tashlab ketadigan bo'lsam qoʻmondon Bork ham butunlay sogʻaymagan, qolishni ixtiyor etsam Haloskorimiz jangda yengilishi ham mumkin, ikki oʻt orasida qolganman, nima qilishga ham boshim qotib qoldi, nega endi otamga oʻxshab birovning ortiga berkinishim kerak? Men ham huddi u kabi jang qilishim darkor, yoʻqsa kelajak avlod meni aslo kechirmaydi... " Shahzoda Erik oʻz hayollarini bir joyga jamlab oldi chogʻi asta xonasining eshigi tarafga yuzlanganicha " Frenk " deya qichqirdi. Xona eshigi oldida uning soʻzlashini intizorlik bilan kutib turgandek hos soqchi kirib keldi va " Eshitaman shahzodam" degandi shahzoda Erik hotirjamgina oʻz soʻzini boshladi
- Frenk madad kuchlari sifatida kelgan besh ming otliq qoʻshinga habar ber, tayyorgarlik koʻrishsin yoʻlga chiqamiz!
- Qayerga Shahzodam sizni saroyda olib qolishim buyurilgan!
- Zulmat farishtasiga yordamga boramiz, bunday vaziyatda qoʻl qovushtirib oʻtira olmaymiz!
- Tushundim Shahzodam !
Frenk shunday honani tark etdi...
Erta tongdan Zulmat farishtasi Janubi gʻarbiy sarhadga qadam qoʻydi, oʻttiz sakkiz ming kishilik qoʻshin bilan qirollikning janubi g'arbiy qismiga kirib kelar ekan atrofdagi manzaralar tobora uning dilini hira qila boshlagan edi. Sababi yoʻldagi butun qishloq vayron qilingan hech bir tirik jon koʻzga tashlanmaydi, uylarga oʻt qo'yilgan va alanga hali oʻchib ulgurmaganiga qaraganda iblis vorislari hali uzoqqa ketib ulgurmagan koʻrinadi, Zulmat farishtasi " Tezroq " deya qichqirdi otliq bo'linmasi olib oʻzi odimlay boshladi qoʻmondon Taylor boʻlsa oʻttiz yetti ming kishilik piyoda qoʻshinga boshchilik qilganicha Beshinchi ritsarning ortidan imkon qadar tezroq harakat qilishga intilmoqda. Ming kishilik otliq boʻlinma oʻz tulporlarini choptirganicha dushman qoldirgan izlar boʻylab harakatlana boshladi, ularning tez harakat qilishiga qaraganda iblis vorislarini janubi g'arbiy sarhadlarning markazi sanalgan Wenru shahriga yetib bormasidan yoʻlda chalgʻitishga urunib koʻrishmoqchiga oʻxshaydi. Taxminan bir soatga yaqin tinimsiz harakatlar natijasida nihoyat dushmanning boʻyi koʻrindi, iblis vorislarining soni ular kutgandan ham koʻra biroz ko'proq oʻttiz ming kishilik iborat bu mahluqlarni qanday qilib yenga olishadi? Menimcha bu imkonsiz, hammasi shu yerda halok boʻlishsa kerak, Zulmat farishtasi oʻz dushmanining sonini koʻrib otning jilovini mahkam tortib toʻxtatdi, hujum qilishga biroz ikkilanayotgani uning jimgina turganidan ham maʼlum, boʻlinma boʻlsa oʻz sarkardasining buyrugʻini kutganicha harakatsiz turibdi. Nihoyat u bir qarorga keldi chogʻi " Hujumga " deya qichqirganicha dushman tarafga qarab ot soldi boʻlinma ham bor ovozida hayqirganicha sarkardasining ortidan ergashdi...
Oʻn sakkizinchi qism oʻz nihoyasiga yetdi. EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
https://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=53754413318229&_prevCmd=userAltGroups&tkn=2292&_aid=groupOwnShowcase
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев