Jimlikda, Sukunatda... Qor parchasining mayin tushushini tomosha qilib o'tirgim keladi. Yolg'iz o'zim. Nimalarnidir hayol qilgim keladi.
Yana o'ylab qolaman. Nima sababdan aynan qor parchasining tushayotganini tomosha qilishim kerak?
Bu menga nima beradi? Qiziq? Balki oppoqlikligi, ko'nglimdagi g'uborlardan tozalar?
Balki ilk yog'ayotgan qor parchasi, yerga tushib, erib ketishi menga umrimiz o'tayotganini bildirar? Shu bilan hayol, hayot haqida ketadi... O'tmish eslanadi... O'tmishda yashaganlaru, hozirga qadar yetib kela olmaganlar yodga olinadi... Qancha odamlarni yer bag'riga topshirdik? Buni eslagim xam kelmaydi... Eslamay cam bo'lmaydi... Qor parchasi hanuz tinchgina, ovozsiz yog'moqda...
Yana hayol ketadi... Avvalgi va'dalarimiz eslanadi... Bir paytlar bir insonga va'da bergandim... Siz mendanam baxtli bo'lishingiz kerak O'zim baxtli bo'lmasam xam, siz baxtli bo'lasiz... Bu unutilgan va'dalar... Esdan chiqqan va'dalar... Esga tushganda o'zimizga yana savollar paydo bo'ladi. U baxtlimi? Javob topa olmay, hayolni boshqa yoqqa chalg'itamiz. Qor parchasi... Ko'plar uni eslamaydi, faqatgina oddiygina qilib qor deyishadi. Qor parchasi aslida qorda qolgan izlarni berkitish uchun, yopish uchun yog'masmikan?
Juda xam ko'p qor parchalari yog'ib, shu izlarni yopib, xotiradan o'chirib tashlaydi-ku! Baribir hamma o'sha o'zidan iz qoldiruvchi va sirpantirib yiqituvchi qorni eslaydi... Qor parchasi... Oppoq, mayus qor parchasi. Dardli qor parchasi. Lekin ko'plarga quvnoqli bag'ishlaydi. Qor parchasi bo'lgim kelayapti. Hammaga bir zum quvonch bag'ishlab, keyin erib ketsam ham mayli edi... ❄️
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев