Ru” yoki shunga o’xshash sahifalarda xar hil turlanib, o’zini ko’z-ko’z qilishga muhtoj emas. Uning haridorlari haqiqiy hayotda bisyor.
Ba’zi qizlarga maslahat: Agar yigit axmoq bo’lmasa, hech qachon ijtimoiy tarmoqda o’zini ko’z-ko’z qilgan qiz bilan oila qurmaydi. Bunday poydevorga qurilgan oila odatda mustahkam bo’lmaydi.
Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar (social networks) hayotning barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Hohlaymizmi yoki yo’q, bunday tarmoqlarni shunchaki chetlab o’tish ko’pchiligimiz uchun kundan kunga qiyinlashib bormoqda. Ba’zilar o’zlarining mahsulotlarining targ’iboti uchun Facebook yoki Odnoklassniki.ru kabilarni qo’llayotgan bo’lishsa, ba’zilarni chet elda yurgan farzandlari yoki yaqinlari bunday saytlardan ro’yxatdan o’tishga undamoqda. Ko’pchilik esa do’stlari bilan xat almashish yoki "vaqtinchalik juft” qidirish maqsadida foydalanmoqdalar.
Dunyoda ijtimoi tarmoqlarda ro’yxatdan o’tgan va undan foydalanayotgan (yoshi 15dan yuqori bo’lgan) 1.2 milliard inson bor. Ularning orasida Facebook eng katta "mamlakat” hisoblanadi va uning jami aholisi 2011 yil yakunlariga ko’ra 640 millionni tashkil etadi.
Ko’plab hodisalarning yaxshi va yomon tomonlari bo’lganidek, ijtomoiy tarmoqlarda vaqt sarflashning ham ijobiy va salbiy jihatlari bor. Bu maqolada men avval "Odnoklassniki.ru”, "Moy Mir”, "Facebook” singari tarmoqlarning va ularda haddan ziyod ko’p vaqt sarflashning salbiy jihatlariga ko’proq to’xtalib, keyinroq ulardan qanday unumli foydalanish mumkinligi haqida ko’rsatmalar keltiraman. Demak, boshlaymiz:
1. Vaqt
Avtomobillar yoqilg’i hisobiyga yurganidek, ijtimoiy tarmoqlarning ham yoqilg’isi mavjud. Ular buning uchun foydalanuvchining vaqtini ishlatishadi. KomSkor (ComScore) ning bergan ma’lumotiga ko’ra, 2011 yilda Rossiyada bir foydalanuvchi kuniga o’rtacha 10.4 soat vaqtini ijtimoiy tarmoqda o’tkazadi. Bu ko’rsatkich Anglyada 5.3 soat, Turkiyada 7.8 soatni tashkil qiladi. Bizda ham aminmanki, mobil operatorlarning ajoyib xizmatlari tufayli bu ko’rsatkich 6 soatdan kam emas. Internet kafelar yoki boshqa yerlarni kuzatsangiz, yoshlarga qo’shilib kap-katta kishilar "poker” yoki "quvnoq ferma” dardiga mubtalo bo’lganini ko’rasiz.
Bir ish qilmoqchi bo’lsangiz, diqqatingizni jamlay olmaysiz. Hayolingiz doim sizning sahifangizda qanday yangiliklar yuz berdi ekan degan o’y bilan band. Yoki doimo sizga kimdir nimadir yozishini kutib yashaysiz. Natijada esa qilayotgan ishingizda unum bo’lmaydi. Diqqatingiz buzilganligi sababli ish sifatini gapirmasa ham bo’laveradi. Ijtimoiy tarmoqga inson shu darajada o’rganib qoladiki, "www.odnoklassni|” sayt nomini terayotganda "Nima uchun yana kiryapman? Axir 30 soniya oldin kirdim, hech qanday yangilik yo’q ediku?” degan savolni unitadi.
2. Madaniy Inqiroz Odnoklassniki.Ru va Moy Mir kabi virtual "mamlakatlar” borki, ularda betamiz jinoyatchilarga havas qiluvchi yigitlar va Ledi Gagaga havas qilib behayolikni targ’ib qiluvchi o’zbek qizlarining soni ortib borayotgani juda ham achinarlidir. Qo’liga go’yoki haqiqiy sovuq qurol olib huddi olamni buzib yuboradigan kishidek su’ratlarini qo’yishadi, virtual "do’stlari” yordamida guruhlar tuzishadi. O’zlarining ismlariga qo’shimcha qilib "Gengsters”,”MISTER GUD BOY”, "M-CHil” ("Mafia Chilonzor”ning qisqartirilgan shakli) kabi nomlarni qo’yib olishgan. Yozayotgan gaplarida tez-tez so’kib turishadi. Agar ular bilan hayotda yuzma-yuz kelib qolsangiz, ular aslida qo’yning og’zidan cho’p olmagan bola ekanliklariga guvoh bo’lasiz.
Qizlarning virtual hayoti bu alohida masala. Aksariyat o’zini ko’z-ko’z qiluvchi qizlar – juda ham e’tiborga muxtoj. Yigitlardan "+5″, podarka va maqtovlar olish uchun o’zlarini turli ko’ylarga solishga tayyor. (Ishonavering, naqd hammomda ko’kragini yarmigacha ochib tushganlari ham ismini "MILAYA UZBECHKA” qo’yvogan.) Aqli bor yigitlarga onalari kimningdir ismini kelinlikka nomzod sifatida taklif qilishsa, birinchi bo’lib qiz haqida dastlabki ma’lumot "Odnoklassniki.Ru” yoki "Moy Mir”dan qidiriladi. Shubhali nimadir sezilsa, darrov javobini berishadi. Shu o’rinda:
Ba’zi yigitlarga maslahat: Yaxshi qiz o’zini "Odnoklassniki.Ru” yoki shunga o’xshash sahifalarda xar hil turlanib, o’zini ko’z-ko’z qilishga muhtoj emas. Uning haridorlari haqiqiy hayotda bisyor.
Ba’zi qizlarga maslahat: Agar yigit axmoq bo’lmasa, hech qachon ijtimoiy tarmoqda o’zini ko’z-ko’z qilgan qiz bilan oila qurmaydi. Bunday poydevorga qurilgan oila odatda mustahkam bo’maydi.
3. Oilaviy Inqiroz
Bu yil yurtimizda "Mustahkam Oila” yili deb e’lon qilindi va hozirdanoq ko’p sayi harakatlar boshlab yuborildi. Bularni faqat olqishlamoq va qo’llab quvvatlamoq darkor. Bunday qilinishiga sabab esa nafaqat oilada farovonlikni saqlash, balki o’sib borayotgan ajralishlar sonini kamaytirish hamdir.
Maqolamiz markazi – ijtimoy tarmoqlar sababli qanchadan qancha oilalar buzilib ketayotgani, yoki er-xotin o’rtasiga sovuqchilik tushayotagani ham sir emas. AHJ (Amerika Huquqshunoslar Jamiyati)ning bergan rasmiy bayonotiga ko’ra, yildan yilga ijtimoiy tarmoqlar sababli ajralishlar oshib bormoqda. Anglyada esa 2011 yilgi ajralishlar sonining uchdan bir qismida Facebookning hissasi katta.
Tasavvur qiling, turmush qurdingiz, oradan yillar o’tib xotiningizning siz ko’rmagan "chiroyli” rasmi internet sahifalarini bezashni boshladi. Yoki eringizni sizdan avvalgi "ishqiy sarguzashtlari”ga ko’zingiz tushdi yoki kimdir kelib sizga xotiningizni avvaldan bilishini, u bilan "do’st” bo’lganini aytdi. Bunday voqelardan keyin oila mustahkamligiga mening shubham bor.
Barchaga Maslahat: Virtual ishqiy sarguzashtlaridan voz keching, yaqiniga ham bormang, oilangiz mustahkam bo’ladi. Xudo hohlasa, farovon hayot kechirasiz kelajakda.
4. Ijtimoiy va Tibbiy Inqiroz
Ishonamanki qandaydir vaqt oralig’ida do’stlaringiz bilan yig’ilib, uchrashib turasiz. Shaxsan men juda ko’plab davralarda bo’laman. Do’stlar bilan endi yuzma-yuz gaplashib, kulishib o’tiramiz deganda negadir mavzu "Odnoklassniki.Ru”dan boshqa joyga o’tmaydi. Yoki kimnidir ko’rib qoldingiz, u bilan endi suhbat quraman deganizda, har 5 daqiqada telefoniga qarayveradi, diqqatini torta olmaysiz. (Albattada, axir MTS, Bilayn, Ucell kabi aloqa operatorlari arzimagan pulga cheklanmagan ijtimoiy tarmoq xizmatlarini taklif qilib turibdiku.)
Tadqiqotchi Devid Derbishaye (David Derbyshire) ga ko’ra ijtimoiy saytlarda ko’plab vaqtni sarflash inson miyasiga asta-sekin ta’sir ko’rsata boshlaydi va insonning virtual hayotdan tashqaridagi muomala layoqati asta sekin pasaya boshlaydi. Bu ayniqsa 18 yoshdan kichik kishilarda yaqqol bilinadi. Yana, insonlarning tinimsiz o’z "profil”larini tekshirib turishlari, "nima yangilik bor ekan?” deb sahifalarni qayta-qayta yuklashlari ularni etiborga muxtoj qilib qo’yadi. Natijada esa, hayotda ular har bir qilgan harakatlariga boshqalarning bir zumda etibor berishlarini hohlashadi.
Hamma uchun maslahat: Virtual hayot bilan haqiqiy hayot farqini sezishni boshlang. Asta sekin ijtimoiy tarmoqlardagi vaqtingizni kamaytirib boring.
Yuqoridagilar bilan men "ijtimoiy tarmoqlarga butunlay kirmaslik kerak” demoqchi emasman. Faqat ulardan qanday foydalanishni bilish lozim. Ularning foydali taraflari ham yo’q emas. Ularning yaxshi tomonlari ham bor va ulardan bir nechtasini keltiramiz.
Ijtimoiy tarmoqlar tufayli siz yaxshi xulqli, aqilli do’stlar orttirishingiz mumkin. (Bu qarshi jins vakili bo’lishi shart emas)
Avvaldan tanigan insonlaringiz bilan munosabarlarni yanada yaxshilashi mumkin.
Siz bilan bir hil qiziqishdagi tanishlar orttirishingiz mumkin.
Yangi ish qidirishingiz mumkin.
Uy vazifalarini muhokama qilishingiz mumkin (faqat ensangiz qotmasin, rostdan mumkin.)
O’z mahsulotingizni reklama qilishingiz mumkin.
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, erkin inson sifatida istagan vaqtimizda ijtimoiy tarmoqlardan uzila oladigan bo’lishimiz lozim, ularni ko’proq yaxshi maqsadlar uchun ishlatib, ularda foydalanish vaqtlarimizni chegaralay bilishimiz lozim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев