. .
Bugun uyga kulib tezroq qaytmoqchi edim.
Ona sog'indim deb ko'p aytmoqchi edim.
Netay bu peshonam buncha sho'r ekan.
Omonat jonimdan ayrilib qoldim.
Jon chiqar holimda ko'zlarimda yosh.
To'yib ko'ksizga men qo'yolmadim bosh.
Bu hayot beshavqat bo'lmasa hayhot.
Terakday tik edim tol bo'ib qoldim.
Men notavon o'g'lizni kechiring bir bor.
Dilimda dardlarim g'amlarim bisyor.
Senga vada berib borlmadim yor.
Ne qilishim bilmay lol bo'lib qoldim.
Bildim uyda meni kutyapti hamma.
Tog'a bobo buvi xolayu amma.
Afsus borolmayman bilaman ammo.
Omonat jonimdan ayrilib qoldim.
Sovuq tanim ichra uryapti yurak.
Hozir urishidan to'xtasa kerak.
Shuni bildim angladim hozir.
Sog' bo'lib yonizga qaytmasam kerak.
Kulib mayus yuzizga boqmasam kerak.
Onajon deb bir bor aytmasam kerak.
Ollohimim holimdan bergin sen darak.
Onajon ko'z yoshiz artmasam kerak.
Bugun berib taqdirimga tam.
Mag'rur boshim yerga egib xam.
Ikki ko'zim jiqqa to'la nam.
Mendan rozi bo'ling mehribon onam. . .
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев