atiga bir-ikki xovli bor.
Adashmasam tög'ri ketyapmiz,-
qizning fikrini öqigandek javob
berdi yigit. - Ha, yaqin qoldi, -
xunob böldi qiz, - aytingchi,
hayotni qanday ta'riflaysiz? -
Menimcha bunaqa sharoit va
vaqt uchun noörin savol,- kuldi
yigit. Ular qizning uyiga
yaqinlashishgandi. - Buyog'iga
özim ketaman, sizga katta
rahmat. - Soyabon sizda qola
qolsin, menga oq ranglisi köproq
yoqadi. "Ey Xudo, - hayolidan
ötkazardi qiz, - mening pushti
rangni yoqtirishimni ham
bilarkan!" - Mayli xayr, - yigit
ortga ön qadamlar tashlagach qiz
uni töxtatdi: - Hey! Yigit ögirilib
qaradi. - Savolimga javob
bermadingiz. Yigit ösha yoqimli
tabassumida jilmaydi va baland
ovozda baqirdi: - Hayot gözal!
Qizning yuragi juda- juda tez va
baland urardi. Qiz ayni damda
baland musiqa eshitayotgandek
öz yuragining dukurini eshitib
turardi. U hayajonlanganidan
yomg'irni ham ilg'amasdi. U
tanish yoqimli musiqani xushtak
qilib chalib ketayotgan yigitning
ortidan qarab qoldi... Ertasi
kundan boshlab qizga negadir
gul kelmay qöydi. Qiz endi juda
ham öychan bölib qoldi. U yigit
haqida kun-u tun öylardi. Xuddi
hozir balki yordamim kerakdir,
deb paydo böladigandek
tuyulardi. Lekin yigitdan ham
atirgullardan ham darak
bölmasdi. Shu bir- necha kun
ichida qiz özi bilmagan holda
yig'lab ham yuborardi. Ha, qiz
sevib qolgandi. Lekin buni hali
özi bilmasdi. Nihoyat bir kuni
ösha kutilgan ovozni eshitdi: -
Salom! - Salom, - javob berdi qiz. -
Biroz aylanib kelmaymizmi? -
Bahor oylarida yomg'irsiz havoda
piyoda yurish ham zavqlimi? -
Albatta. Ular birinchi marta
körishishgan xiyobonni sayr
qilishdi. Qiziq mavzularda
suhbatlashishdi. Nihoyat yigit
qizga bir dona qip-qizil atirgul
tutdi. Qiz gulni oldiyu uning
bandiga köz yugurtirdi.
Qog'ozcha yöq edi. Savol nazdida
yigitga qaradi. Yigit har
doimgidek kulib turardi. - Mana
u, - yigit qöllarini yozdi. Uning
kaftiga böyoq bilan ösha dastxat
yozilgandi: "Hayot gözal..."
Keyingi kunlar xuddi shirin tush
kabi tez ötardi. Qiz yigit sevgi
izhor qilganidan keyin özi ham
uni sevishini anglab yetdi.
Chindan ular u-n hayot judayam
chiroyli va zavqli körinardi. Qiz
qachonlardir kutgan hayoliy röyo
haqiqatga aylanganidan baxtiyor
edi. Juda ham chiroyli muhabbat
edi bu... Yigit rassom edi. Qizga
juda chiroyli tabiat manzaralarini
körsatardi. Qiz xuddi ertaklar
olamiga tushib qolgandek baxt
va sevgidan sarmast yashardi.
Yigit qizga portret sovg'a qildi.
Qiz öz suratiga qaradi. Judayam
nafis va chiroyli chizilgandi. -
Nega meni bulutlar orasida
turibman? Söradi qiz. - Chunki
sen mening farishtamsan,- javob
berdi yigit. Har bir kuni gözal edi
bu sevgining... Lekin öshanda qiz
hali özini oldinda nimalar
kutayotganini bilmasdi... Kuz
kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit
kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi,
xavotir oldi. Ertasiga yigit bilan
körishganida yigitning
nimadandir xafaligini payqadi.
Yigit odatdagidek jilmayardi,
lekin bu tabassum ortida juda
ham özgacha mahzunlik sezilardi.
- Nima böldi? - Hech narsa. Kecha
unutibman, kechir azizam.
Shuncha vaqtdan beri atiga yarim
daqiqaga kechikmagan yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi
mumkinligiga qiz ishonmasdi.
Lekin ösha kuni u hech narsa
demadi. Keyingi kunlarda ular
yana odatdagidek vaqtlarini
xushchaqchaqlik bilan
ötkazishardi. Lekin qiz negadir
yigitning közlariga boqqanida
yashirin bir ma'noni sezardi.
Yigitning doimgi tabassumi bu
sirni qiz bilib olishiga imkon
bermasdi. Yigit qiz bilan köproq
vaqt birga bölishga urinardi.
Soatlab yonma-yon ötirardilar...
Bir kuni qiz yana uzoq vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi.
Yigitdan xabar bölavermagach
ketmoqchi böldi. Lekin shu
vaqtda uzoqdan yigit körindi. -
Salom, - dedi yaqin kelgach. -
Nega bunaqa yuryapsiz,
oyog'ingiz og'riyaptimi? - Ha, jin
ursin, velosipeddan yiqildim. Ular
odatdagidek örindiqqa ötirgan
köyi, quyosh botishini tomosha
qildilar... Ösha ondayoq qizning
yuragi nimadandir öta g'ash edi.
Balki, ösha kuni qizning yuragi
yigit bilan shunday sönggi bor
yonma- yon ötirganliklarini
sezgandi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев