Qiz juda chiroyli edi.
Boshqa qizlardan farqli ravishda
hayotga özgacha nigoh ila
qarardi. 19 yoshli sohibjamol
qizni tabiiy ravishda sevuvchilar
ham bisyor edi. Lekin uni
atrofdagi yigitlar umuman
qiziqtirmas, qanaqadir özgacha
bir sevgini kutardi. Yuragining
tub- tubidan uning kelishini ham
his etib turardi. Bir kuni darsga
kelganida, partasining ustida
turgan qip- qizil atirgulni kördi.
Gul bandiga biriktirilgan
qog'ozchaga atiga ikki jumla
yozilgandi: "Hayot gözal..."
Negadir qizning lablarida
tabassum uyg'ondi... Keyingi
kunlarda yana bir-ikki bor bu
holat takrorlandi. Qip- qizil atirgul
va doimgi bir xil dastxat. Qiz bu
gullarning sohibi kim ekanligiga
judayam qiziqardi... Kunlarning
birida qiz uyqudan uyg'onib,
derazadan köchaga qaradi va
birdan özgacha hayajonlanib
ketdi. Röparadagi dökonchaning
oppoq devoriga har xil
böyoqlarda katta qilib yurak
shakli chizilgan, uning ichiga qiz
ismining bosh harfi yozilgandi.
Eng ajoyibi esa, surat tagiga ösha
sirli dastxat qöyilgandi: "Hayot
gözal..." Qiz endi doim ösha sirli
yigit haqida öylardi. Uning özini
kuzatib yurganligini ham yaxshi
bilardi. Odamlar orasidan uning
qiyofasini axtarardi. Avvallari
doim öychan yuradigan qiz endi
kulib, jilmayib yurar, bu
tabassumi uni yanada jozibador
körsatardi. Qiz öziga
yuborilayotgan har bir gulni
qöliga olib zavqlanar, chindan
unga hayot judayam gözal
körinardi. Bahor tonglarining
birida velosipedda sayrga
chiqqan qiz musaffo havo va
xiyobondagi yashil gözallikdan
zavqlanardi. Lekin velosiped
g'ildiraklarini harakatlantiruvchi
zanjir örnidan chiqib ketib, qiz
töxtashga majbur böldi. U
zanjirni joyiga örnatishga
urinardi-yu buni hech eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir? Qiz
yoniga kelib töxtagan velosipedli
yigitga qaradi. - Yöq, özim... -
Mana bunday qilish kerak, - yigit
qizning velosipedi zanjirini
örniga qöydi, - Ana böldi. -
Rahmat! Qiz yigitga e'tibor bilan
qaradi. Yigit böy- basti kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa
kulishi öziga juda yarasharkan",-
öylardi qiz. - Arzimaydi. Yigit öz
velosipediga ötirib, qanaqadir
yoqimli kuyni xushtak qilib
chalganicha qizdan uzoqlashdi.
Qiz esa uning ortidan bir zum
termulib qoldi... Qizga atirgullar
kela boshlaganiga bir oydan
oshgandi. Lekin, qiz haligacha
ösha sirli yigitning kimligini
bilolmasdi. Shunday kunlarning
birida qiz u- bu ishlar bilan
ushlanib, judayam kechga qolib
ketdi. Aksiga olib havoning
avzoyi buzuq, kuchli
momaqaldiroq bölayotgandi. Qiz
taksi ushlash maqsadida kollej
yonidagi bekatga kelganida
allaqachon öta shiddatli yomg'ir
boshlangandi. Uyi yaqin-u
bunaqa paytda yolg'iz ketishga
ham qörqib turgandi. Kamiga
bekatda hech kim yöq, osmonni
qoplagan qop- qora bulutlar
atrofni yanada qorong'u
körsatardi. Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali
ovozi qizni chöchitardi. Shu
mahalda unga tanish, yoqimli
ovoz eshitildi: - Balki yordamim
kerakdir? Bu ösha tongdagi
velosipedli yigit edi. Qiz juda
sevindi. Bu ösha yigitni yana
körganligi uchunmi yoki boshqa
sababdanmi özi ham bilmasdi.
Lekin yigitga dilidagini aytmadi: -
Yöq, özim ... Yigit ham jilmaydi: -
Yomg'ir hali-beri tinmaydi. -
Nima, meni mashinangizda
uyimgacha kuzatib
qöymoqchimisiz? - Menda
yaxshiroq fikr bor. Yigit shoshib
qayergadir yugurib ketdiyu,
zumda qaytib keldi: - Xösh, qalay?
Qiz yigitning qölidagi oq va
pushti rangli soyabonlarni körib
jilmaydi. - Bahor oylarida yomg'ir
mahali piyoda yurish zavqli,- dedi
yigit. Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga
yuborilayotgan gullarning sohibi
shu yigit ekanligini öylay
boshladi. Buni tekshirib körish
uchun yigitga savol berdi: - Siz
yölingizda uchragan har bir
qizga shunaqa yordam qilasizmi?
- Har biriga emas ... hammasiga.
Ular kulishdi. Qiz uyi tomon
ketishayotganda ikki tomonga
ketgan köchaning yigit qaysi
tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda yigit
qizning uyi taraf burilgach, qiz
sevindi. "Bu ösha yigit", - öylardi -
Menimcha uyingiz shu tarafda
bölsa kerak. Chunki narigi tarafda
shifoxona va
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев