Isro va Meroj Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallamning hayotlaridagi va barcha musilmonlar hayotidagi eng buyuk, ajib voqea! yer yuzida qiyomatgacha yashab o'tadigon musilmonlar uchun nubuvat, risolat, manhaj bo'lgan Rosuli Akram sollollohu alayhi va sallamning ajib sayohati. Olloh taolo bu voqea haqida kalomi quronda marhamat qiladi; “O'z bandasini kechasi Masjidul-Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul-Aqsoga oyat-mo''jizalarimizni ko'rsatish uchun sayr qildirgan Zot pokdir. Albatta, U eshitguvchi va ko'rguvchidir” (Isro surasi, 1-oyat ) Oyatdagi “Masjidul-harom” so'zi Makkai mukarrama shahridir. “Masjidul-aqso”dan murod esa Shomdagi Baytul Maqdisdir. Arab tilida “isro” so'zi “kechasi yurgizish” ma'nosini anglatadi. Bu oyati karimida Alloh taolo Payg'ambarimiz Muhammad alayhis-salomni Makkai mukarramadan Quddusi Sharifga kechaning bir qismida olib borgani haqida so'z yuritilgan. “Me'roj” so'zi “ko'tarilish” ma'nosini anglatadi. Shar'iy istilohda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Baytul Maqdisdan Allohning huzuriga ko' tarilishlaridir.Bu kun kelib Payg'ambarimiz Rosuli Akram sollollohu alayhi va sallam tunda kabatulloh oldida hijri Ismoilda uhlayotgan edilar. Jabroil alayhis salom kelib bu ajib safar uchun uyg'otdi va Buroq otini minishligi uchun berdi. Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam buroqni shunday tasvirlaydilar; Rangi oq, bo'yi otdan past, eshakdan balant, oddiy ko'rinishdagi jonzod lekin tezligi aqilbovar qilmas darajada sez. Ko'zi yetgan ufqni bir qadamida oladi. Bu otni ovvalgi payg'ambarlar ham mingan" Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam otga mindilar va bir laxzada Quddusda, Massjid Al-Aqsoda bo'ldilar. Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam masjidga kirganlarida ajib bir jamlanish bor edi. Olloh taolo yer yuzida yashab o'tgan barcha anbio va rosullarni Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam uchun tiriltirib, jamlab, saf qilib, kuttirib qo'ygan edi. (ulamolar aytishadi; rosullarning adadi 300ta anbiolarning adadi esa 24000tadan oshadi) Rosullardan Nuh, Muso, Iso, Ibrohim alayhis salomlar, anbiolarning hammasi jam edilar. Inson bolasi tasavvur qilaolmaydigon darajada katta bir jamoat. Tasavvur qiling minglagan odamlar namozga shay bo'lib saf tortib turishibdi, ularning hammasi rosul va anbiolar! Va bularning hammasiga Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam oldilariga o'tib, Imom bo'lib namoz o'qidilar!!! Bu bilan Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallamga yer yuzida bor bo'lgan sharafning cho'qqisi berildi. Namozni tugatkanlaridan so'ng, Jabroil alayhis salom ikki idishda Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallamga ichimlik olib keldi. Birida may birida sut bor edi. Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam sutni tanladilar. So'ng Jibril aytdi; "siz to'g'ri yo'lga hidoyatlantirildingiz va umatingiz ham." (Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam yoshligida ham, payg'ambar bo'lishligidan ovval va kegin ham may istemol qilmaganlar). Bundan so'ng Meroj olib kelindi. Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam merojga qadam qo'yib ko'tarildilar va bir necha laxza o'tib Jabroil alayhis salom bilan dunyo osmoni eshiklari oldida paydo bo'ldilar. Osmon eshiklari hech bir inson uchun ochilmaydi, faqat Olloh izn bersagina ochiladi! Birinchi eshikni taqillatar ekan, osmonni qo'riqlab turgan farishtalardan biri; - "kim? "dedi - "Jabroilman" dedi Jabroil alayhis salom - "oldingizda biror kimsa bormi? " deb savol berdi farishta - "ha men bilan Muhammad (s.a.v.s) bor" dedi Jibril - "u yuborildimi?" dedi farishta - Jabroil; "ha" dedi Osmon eshiklari ochildi. Va kirishdilar Birinchi osmonda Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam baland bo'ylik kishini ko'rdi. Tasvirlab aytadilar; " U yerda balandligi 60 ziro bo'lgan bir baland kishi bor edi, atrofida juda ko'p odamlar turar edi, u kishi o'ng tamoniga qarab kular, chap tamoniga qarab yig'lar edi." Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam; "Ey Jibril bular kimlar? bu kishi nega bunday qilyapti? " deb so'raganlarida Jabroil alayhis salom jovoban; "Bu odam sizning otangiz Odam alayhis salom, atrofidagilar uning zurriyoti, o'ng tamonidagilar jannat ahli, ularga qarab kuladi. Chap tamonidagilar jaxannam axli ularga qarab yig'laydi" dedi. Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallamning birinchi osmonda ko'rganlaridan: Bir kishi qizil rangdagi suvda suzib yuradi (qondan deyiladi), suzib, suzib sohilga chiqmoqchi bo'lsa u yerda farishtalar turib u kishini yuzlariga toshlar bilan urib cho'kdirib yuborishardi, u kishi cho'kib narirog'dan chiqib yana sohilga chiqishlikka harakat qilardi. Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam; "Ey Jibril bular kimlar, nega bunday azoblanyapti" deb so'raganlarida. Jabroil; " Bular yetimning molini nohaqdan yeganlar, ular qiyomatgaday shunday azoblanadi" deb javob berdi. (shu o'rinda yetimning ehson qilishi va unda qatnashishlik ham noto'g'ri hisoblanadi) Yana u yerda ko'rgan narsalaridan: qorinlari juda katta bo'lgan kishilar qotor yotardi. Ularning ustidan esa .firavn. honadoni bosib o'tib ketishardi ( firavn honadoni barza hayotida qiyomatgacha kuniga ikki marotaba ollovga ko'ldalang qo'yib kuydurilib azoblanadi, va qiyomat kuni kelgach do'zaxning eng ostiga birinchilardan uloqtiriladi) va bularning har kuni azoblanishiga borib keladigon yo'lida shu qorni katta odamlar yotadi! Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam yana so'raydilar; " Ey Jibril bular kimlar? " Jabroil alayhis salom; " Bular sutxorlar" (Olloh taolo sutxorlar to'g'risida, agar qilayotgan ishidan qaytmasa, qiyomat kunida o'zi ularga qarshi jang qilishligini aytgan. Foizga pul muomilasida bo'lish, kridit ham shu manoda) Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam bu joyda ko'rgan narsalaridan yana biri: Bir kishi oldida ikki hil taom bilan turadi, biri shirin, lazzatlik ikkinchisi badboy yomon. U kishi shiriniga qarame badboyini yeb turgan bo'ladi. Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam so'raydilar;"Ey Jibril bu kim?"Jabroil alayhis salom;" Bu zinokor" (o'zining go'zal, halol, pokiza juftlarini qo'yib, xarom, birovdan qolgan zinokorga boradigonlar) deb javob beradi. Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam birinchi osmonda ko'p narsalarni guvohi bo'lgach ikkinchi osmonga ko'tariladilar. Va u yerda ikki payg'ambar Iso va Yaxyoni ko'rdilar. Isoni tasvirlab aytadilar; " uning yuzi qizilga moyil, bo'yi uzun ham kalta ham emas, ko'p hollari bor, egilsa boshidan suv tomib turar edi ( Olloh taolo Isoni huzuriga ko'tarib olganida u g'usl qilib chiqib, hali suvlari qurimagan edi, qiyomat kuni dajjol bilan jang qilib yengish uchun tushganida ham hali bu suv qurimagan bo'lar ekan. Sababini Ollohning o'zigina biladi, bu uzoq muddatlik yillar biz uchun bir o'lchov, Olloh taolo uchun esa bu ko'z ochib yumgunchalik bo'lgan vaqt!) Uchinchi osmonda Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam Yusuf alayhis salomni ko'rdilar. Va sifatlab aytadilar; " Yusufdek go'zal isonni ko'rmaganman, taxqiq go'zallikning yarmini olgan u" Olloh taolo barcha maxluqotlarni yaratgach, go'zallikning yarmini ularga(insonlar, tabiat, jonzodlar), yarmini esa Yusuf alayhis salomga bo'lib bergan ekan. Tortinchi osmonda Idris alayhis salomni. Beshinchi osmonda Horun alayhis salomni. Oltinchi osmonda esa Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam Kalimulloh Muso alayhis salomni ko'rdilar. Har bir osmonga ko'tarilganlarida payg'ambarlar salom berib, ko'rishib, muborakbot qilishar edilar, lekin Muso alayhis salom esa yig'ladi. " Nega yig'layapsiz" deb so'raganlarida " Mendan kegin keladigon payg'ambarning umatti mening ummatimdan ko'ra jannatga ko'proq kirar ekan" deb javob berdi. Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam yettinchi osmonga ko'tarildilar va u yerda Baytul Mamurni ko'rdilar. ( Yerdagi musilmon insonlar uchun Makkai Mukarramadagi Kabatulloh qanchalik aziz va muqaddas bo'lib, uning atrofida aylanib namoz o'qib Ollohga ibodat qilinganidek - osmon ahli farishtalari ham shunday ibodatda bo'ladigon muqqadas makon) Rosulilloh sollollohu alayhi va sallam aytadilar; "Har kuni Baytul Mamurni yetmish ming farishta tavof qiladi, lekin ularni hechqaysilariga qaytib tavof qilishlik nasib qilmaydi." (Parvardigoringizni qanday qo'shini borligin faqat o'zigina biladi) " Osmon yorilishga yaqin turganday, ibodatda, namozda, tasbeh, salovotlar aytib turgan farishtalardan hatto biri qarich ham bo'sh joy yo'g' edi. So'ng Rosulilloh sollollohu alayhi va sallam Baytul Mamurga suyanib turgan bir kishiga ko'zi tushdi va Jabroil alayhis salomdan so'radilar; " Ey Jibril bu kim? ". "Bu sizni otangiz Ibrohim " deb javob berdi Jibril. Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam aytadilar; " U sizlarning soxibingizga juda oxshaydigon kishi edi" yani "menga tamoman oxshar edi" dedilar Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam Jibril alayhis salom bilan yettinchi osmonning eng ohiriga- Sidratul Muntahoga bordilar. Va Jabroil alayhis salomni ikkinchi marotaba haqiqiy ko'rinishida, asl suratida ko'rdilar. ( Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam o'sha paytda va birinchi marotaba vaxiy olib kelganida Jibril alayhis salomni asl suratida ko'radilar, boshqa paytlarda esa har hil suratda kelar ekan, huzurlariga). BU JOYGACHA HALI HECH QAYSI FARISHTA YOKI ODAM BOLASI YETMAGAN EDI FAQATGINA JABROIL ALAYHIS SALOMDAN BOSHQA!!!!!!!!!!!!! So'ngra Jabroyil to'xtab qoldi! Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam; "yurmaysizmi ey Jibril" deb unga qaraganida Jibril YORILIB KETYOYGAN TOSHDAY, NURAB, KUYIB, YOG' BO'LIB KETISHLIKKA YAQIN TURAR EDI!!!!!!!!!!!! Va javoban; " Ey Muhammad (s.a.v.s) Ollohga qasam yana bir qadam bossam kuyib yo'g' bo'lib ketaman, BU SHUNDAY MAQOMKI, BU JOYDAN SIZDAN BOSHQASIGA O'TISHLIKKA IZN YO'Q, HATTO JABROILGA " !!!!!!!!!!! Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam bir qadam bosdi va inson bolasi, farishtalar hatto Jabroil yetmagan joyda bo'ldilar. BU SIZ BILAN BIZNING PAYGAMBARIMIZ SOLLOLOHU ALAYHI VA SALLAMGA BERILGAN MAQOM, OLLOH TAOLONING IZZATI EDI!!!!!!!!!! Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam aytadilar; "so'ngra men Sidratul Muntahoga nilufar gulini oldiga bordim. U oddi bir daraxt, barklari filning quloglariga, mevalari esa ko'zaga o'hshar edi. Uni oldida turar ekanman, to'satdan uni Ollohning nuri, fayzi, ilohiyasi o'rab oldi. SHU DARAXTNING OLDIGA OLLOH TAOLO O'ZI KELDI, u daraxtning atrofida huddi oltindan bo'lgan kapalaklarga yoki oltindan bo'lgan tomchilarga o'xshash narsa paydo bo'ldi. Unda inson tasvirlay olmas darajada go'zal nuri taralar edi" ( keginchalik Oisha roziollohu anhu onamiz " Robbingizni ko'rdingizmi deb so'raganlarida - Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam " qayerdan ko'ray hammayog' nur edi" deb javob berganlar.) So'ngra Olloh taolo Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollollohi alayhi va sallamga to'g'ridan to'g'ri, bevosita so'zladi.!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! ( fikr qilaylik) Olloh taolo shu joyda namozni farz qildi ( shundan ham bilsag bo'ladiki namoz qanchalik muhim ekanligini, Olloh taol biz ummatlariga buyurgan namozni Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallamni o'z huzuriga ko'tarib, farz qilib bermoqda) Kuniga ellik mahal namozni farz qilib, qaytyotgan paytlarida Muso alayhis salom bilan so'zlashadi va Muso alayhis salom, ozroq bo'lishini so'rashi uchun "qayting" deb maslahat beradi. Uch, tort marotaba Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam qaytib biz ummatlari uchun yengillik so'raydi Ollohdan. Ohiri besh mahalga tushirib qaytayotganida Muso alayhis salom yana takroran ; " Qaytib Parvardigordan ummatingiz uchun yengillik so'rang. Men qavmimga bundan ham yengil narsani buyurganimda qilisha olmagan" deb aytganida " Ko'p bora parvardigorimning oldiga yengillik so'rab qaytishdan hayo qilaman, men shu besh vaqt namozni o'qishlikka roziman" deb javob beradi va shu payt Olloh nido qiladi "" U BIR KUNDA O'QILISHI BESH MAHAL LEKIN AJRIDA ELLIK MAHAL SAVOB BERILADI"" Bu o'qiganlarimizdan fikr qilib, Namozda qoim turib, yakuni saodat, Jannat, oliy maqsad - Olloh taoloning jamoliga yetishlikka barchamizga Parvardigoro O'zi yo'l bersin!!!
manba:Ibratli voqealar guruhi bizi xamkorimiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8
Yoki Odam Alayhi Salom
Solih banda bizni tilda xizr
Yoki solih hukumdor Zulqarnayn