— Buning qaerda edi, nega ko‘rinmadi? — deb so‘radi.
— Hayronman, — dedi Kesakpolvon yelka qisib, so‘ng Jamshid tomon tez-tez yurdi-da, unga yaqinlashib, baland ovozda:
— Qaerlarda sanqib yuribsan, marjaboz?! — deb so‘radi.
Jamshid unga «qaerdaligimni o‘zingiz bilasiz-ku?» degan ma’noda ajablanib qaraganida Kesakpolvon pastroq ovozda «Seni men emas, Mahmud akang yuborgan», deb shipshidi. Kesakpolvon orqa o‘girib turgani uchun Asadbek uning keyingi gapini eshitmadi. Lekin Kesakpolvonning birdan u tomon yurib qolganidan ajablandi. Bunaqa paytda bitta imlab qo‘yilsa kifoya edi, Jamshid yugurib kelardi... Kesakpolvonga ergashib yurib kelgan Jamshid Asadbekdan bir qadam berida to‘xtab, salom bergach, «Bandalik...» deb ta’ziya bildirdi.
— Qaysi go‘rlarda yuribsan? — dedi Kesakpolvon jerkib.
— Termizga borib keldim, — dedi Jamshid yerga boqqanicha.
Savolga alik olmagan Asadbek bu gapdan keyin unga ajablanib qaradi-yu, indamadi. Kesakpolvon «Ahmoq, Termizni aytib qovun tushirdi-ku», deb ichida so‘kinib qo‘ygach, so‘roqni davom ettirdi:
— Termizda nima bor ekan senga?
— Mehmonlarni olib borib keldim.
— Qanaqa mehmon?
Jamshid yerga qaradi, savolga javob bermadi.
— Sendan so‘rayapman, serraymay javob ber: qanaqa mehmon?
— Mahmud akamning... mehmonlari. Ularni tanimayman.
— Nimaga borishibdi?
— Bilmayman. Bitta uyga kirib chiqishdi. Men mashinada o‘tiruvdim.
Asadbek undagi sarosimani sezsa ham, parvo qilmaganday bo‘lib mashinasi tomon yurdi. «Mahmudning qanaqa mehmoni bor ekan, Termizga nimaga boradi?» degan savolga har qancha urinmasin, javob topa olmadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 54
Хаёт - гулзор, дея кездим, тиконлари чикди йулдан,
На-да тиконлари, турфа илонлари чикди йулдан.
Тилинди калб, шилинди тил, балои нафс булди голиб,
Киморга бой берилди ор, пушмонлари чикди йулдан.
Кунгил бердим ёра ногох, ахтариб мен тасаллолар,
Захарханда килди агёр, ёмонлари чикди йулдан.
Замон Хакка тегишли, деб неча фурсат килдим сабр,
Чектириб ох, неча сохибзамонлари чикди йулдан.
Бу бир кисмат, дедим, балки пешонамга ёзилгани,
Худо урган шайтанатнинг шайтонлари чикди йулдан.
Борми бирор хайрихохим ва ё хамдард? Мухаббатнинг
Тохир Малик, Шукурдайин курбонлари чикди йулдан.
Шукур Курбон