Xumkalla hayallamay, tezgina yaqinlashdi.
— Bek akang ko‘rinmay qoldi-ku? — dedi Kesakpolvon labiga sigaret qistirib. Xumkalla cho‘ntagidan chaqqonlik bilan yoqqich olib unga olov tutdi:
— Jalilxon akamiz bilan billashib moshinaga o‘tiruvdilar. Keyin bilmadim, hayronman, qayoqqa ketishdiykin? — dedi.
— Bu akangni nima deb chaqiruvding? — Kesakpolvon unga o‘qdek ko‘zlarini qadadi.
— Bek akam chaqiryaptilar, tez yetib keling, dedim.
— O‘ziga aytganmiding?
— O‘zlari hali kelmagan ekanlar, o‘g‘illariga ta-yinlovdim. Og‘zimga ro‘molcha tutib gapirdim, meni tanimadi.
— Hayvon! — Kesakpolvon shunday deb barmoqlari orasida tutayotgan sigaretni uning yuziga otdi. Xumkalla bir seskanib, orqasiga tislandi. Atrofda odamlar bo‘lmaganida uchto‘rt tepki mazasini totib ko‘rmog‘i tayin edi.
— Hayvon, yo‘qol! — dedi Kesakpolvon. U ham Asadbek kabi g‘azab bilan gapirdi. Xumkalla shoshib iziga qaytdi-yu, «yo‘qol!» degani oddiy haydash emas, balki hukm ekanini fahmlamadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев