«Kechasi chaqirtirgan ekansiz, kelganlarida kayflari bor edi, mashinani men hayday qolay desam, ko‘nmadilar... Ajal chaqirgan
ekan...»
Ajal chaqirgan ekan... Nima demoqchi bola? «Siz — ajalsiz!» demoqchimi? Bolaning o‘ylamay aytib yuborgan gapi Asadbekni o‘ylantirib qo‘ydi. Chuvrindini u chaqirtirmagan edi. Kim chaqirtirdi? Chaqirtirgan «ajal»-ning ismi — Haydar-Kesakpolvonmi? Yo Xongireyning chayonday izg‘ib qolgan odamlarimi? Yo xojasiga sodiq qolgan Hosilboyvachchaning yigitlaridanmi? Qancha o‘ylamasin, tarozining pallasi Kesakpolvon
tomon bosib ketaverdi. «Xongirey ham, Hosilboyvachchaning yigitlari ham Mahmudni o‘ldirib bir manfaat topolmaydi. Kasd qilsa menga tashlanardi. Yo meni «o‘ladigan kasal, shunday ham tinchib ketadi», deb ayashadimi», degan xulosaga keldi. Xulosasi bir tomondan to‘g‘ri edi: Xongirey uning tuzalmas xasta ekanini bilgach «xotirjam o‘lvolsin», deb marhamat qilgan edi. Xulosaning noto‘g‘ri yeri shundaki, xotirjam o‘lvolishga izn bergan Xongirey uning xotirjam o‘lishini xotirjam ravishda kuta olmas edi.
«Qirol o‘ldi, yashasin qirol!» deganlaridek yangi qirol muammosi uni befarq qoldirish mumkin emasdi. Gap o‘ziga mute odamni qirol taxtiga o‘tqazishdagina emas. Taxtga kim o‘tirsa ham qayirib olishga qurbi yetadi. Bo‘ysinishni istamagan yangi qirolga atalgan bittagina o‘q to‘pponcha o‘qdonida zanglab qolmaydi. Xongireyning muddaosi bosh-qa: Asadbekka vafo qilmagan taxtga lalaymagan odam o‘tirishi shart. Siyosatchilar
tili bilan aytganda, bu taxtga kurash yo‘li bilan borgan ma’qul. Kim aqlliroq bo‘lsa, kim rahmdil bo‘lmasa, kim raqibi qalbini sug‘urib olib chaynab yutishga qodir bo‘lsa — o‘sha qirol!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9
КОЙИЛ РОЛНИ МИЁРИГА ЕТКАЗИБ УЙНАГАН РАХМАТ У КИШИГА.
ha tugri umuman zor
eng qiziqarli eng sara detektiv hikoyalari bizda.
Bizga qushiling biz bilan birga buling
www.odnoklassniki.ru/group/56789864939573 gurupa DETEKTIV hikoyalar