2014 ЙИЛДА ЭСА ЯККАХОН КОНЦЕРТ БЕРМАЙДИ!?Yaqinda RAYHON G`ANIYEVA o`zining barcha muxlislari uchun On-line Muloqot (CHAT) tashkillashtirdi. Bu muloqot RAYHONning rasmiy saytida bo`lib o`tdi. Bu muloqot ko`plab qiziqarli savol-javoblarga boy bo`ldi. RAYHON o`z muxlislari tomonidan yo`llangan savollarga ochiq-oydin, samimiylik bilan javob qaytardi. Qolaversa, bir qancha sirlariniham ochdi. Eng qiziqarli savol javoblarni sizning etiboringizga havola etamiz.
Savol: (AbduRashid) – RAYHON, ayting-chi, sizning Shahzoda bilan hozirgi kundagi aloqangiz qanday ?
Javob (RAYHON) – Abdurashid, hozirgi kunda Shahzoda bilan hech qanday aloqada emasman.
Savol: (Muzaffar Mirzo) – RAYHON, aytishlaricha siz bu yili Madanyat va San`at Institutiga kiribsiz ? Shu gaplar rostmi ? Agar rost bo`lsa, qaysi fakultetga ?
Javob (RAYHON) – Yo`q. Bu gaplar shunchaki shov-shuv.
Savol: (Mahammadjon) – RAYHON, 2014-yilda konsert dasturingiz bo`ladimi ? Yangi konsertingizni qanday nomlashni rejalashtirmoqdasiz ?
Javob (RAYHON) – Afsuski, kelasi yilda mening konsertim bo`lmaydi!
Savol: (Izzat) - Unda sizning yangi konsertingizni qachon kutamiz?
Javob (RAYHON) – Xudo xohlasa, yangi konsert dasturimni 2015-yilga rejalashtirmoqdaman.
Savol: (Samira) – RAYHON, ayting-chi, “Yuragimdasan” deb nomlangan qo`shig`ingizni kimga atab kuylagansiz ?
Javob (RAYHON) – “Yuragimdasan” deb nomlangan qo`shig`im hechkimga atalmagan.
Savol: (Alisher) - Yangi yaratayotgan "So`naman" nomli qo`shig`ingiz va unga ishlanajak klip haqida aytib bersangiz, iltimos.
Javob (RAYHON) – Albatta."So`naman" nomli qo`shig'imga "Unitet Soft" jamoasi bilan birgalikda orginal klip olishni rejalashtirganmiz.Umid qilamanki, ushbu klipim muxlislarimga manzur bo`ladi.
Savol: (Anna) - Siz rus yoki ingliz tillarida ham qo`shiq kuylashni rejalashtirganmisiz ?
Javob (RAYHON) - Yangi albomimning rejasiga rus va ingliz tillaridagi qo`shiqlarni kiritmaganmiz. Lekin sizlar shuni xohlar ekansiz, demak, buni albatta o`ylab ko`ramiz.
Savol: (Muhayyo) – RAYHON, siz uchun FanClub nima ? Muxlislar-chi ?
Javob (RAYHON) - Mening FanClubim - ikkinchi oilam. Men har bir muxlisimni hurmat qilaman.
Savol: (Ruhshona) - O`zbek shou-biznesidan kimlarning qo`shiqlarini tinglab turasiz ?
Javob (RAYHON) – Ruhshonaxon, men hamma o`zbek xonandasining qo`shiqlarini tinglashga harakat qilaman.
Savol: (Dilnoza) - Hozirgi kunda “RAYHON homilador bo`libdi” degan mish-mishlarni judaham ko`p eshitmoqdamiz. Ayting-chi bu mish-mishlar rostmi ?
Javob (RAYHON) – Xudo xohlasa, kutyapmiz!
Savol: (Samira) – Hasadgo`y va ichiqora insonlarga nima degan bo`lardingiz ?
Javob (RAYHON) - Unaqa insonlarga insof tilab qolaman.
Savol: (MirsaiD) – RAYHON, FanClub bilan uchrashish rejangizda bormi ?
Javob (RAYHON) – Afsuski, hozir FanClub bilan uchrashish uchun vaqt bo`lmayapti.
Savol: (Aziza) - Siz o`z hayotingizdan mamnunmisiz ?
Javob (RAYHON) – Albatta. Biz har bir kunimiz uchun shukurona qilishimiz kerak. Nafas olayotganimiz,yashayotganimiz, umuman bu hayotda borligimiz uchun Allohga shukur.
Savol: (Zuhro_Yulduz) - RAYHON biz bilamizki, siz judayam saxiy, bag`rikeng bir so`z bilan aytganda, yaxshi insonsiz. Ayting-chi, mehribonlik uylaridagi bolalar uchun biror fond tashkil qilish haqida o`ylab ko`rganmisiz ?
Javob (RAYHON) – Afsuski, ayni vaqtda buning imkoniyatini topa olmayabmiz. Lekin hamisha aynan mana shu xayrli ishni amalga oshirish haqida o`ylayman.
Savol: (Klara) - Siz uchun bu hayotda birinchi o`rinda nima turadi? Ijodingizmi yoki oilangiz ?
Javob (RAYHON) - Albatta oilam.
Savol: (MirsaiD) - "Men bo`lay" deb nomlangan klipingiz nima sababdan TVM Badiiy Kengashidan o`tmadi ?
Javob (RAYHON) – To`g`risini aytsam, buni o`zim ham bilmayman. Menga faqatgina konsert versiyasi mumkun emas deb aytishdi. Lekin biz ko`rdikki, boshqa xonandalar tomonidan yo`llangan bunday yo`nalishdagi kliplar nimagadir TVM Badiiy Kengashidan o`tgan edi. Lekin endi bu muhim emas.
Savol: (Bek_Uzbekistan) – RAYHON, siz turmush o`rtog`ingiz YIGITALI bilan duet kuylashni xohlarmidingiz ? Umuman olganda, bu duet rejangizda bormi ? Agarda Sevgi haqida duet kuylasangiz bu har qanday Sevgi va Muhabbat haqida kuylangan qo`shiqlardan-da a`lo bo`lardi, nazarimda.
Javob (RAYHON) – Men ham buni xohlar edim. Ammo mening turmush o`rtog`im xonanda emas, aktyor.
Savol: (MirsaiD) - Nima deb o`ylaysiz, kelgusi konsertlaringizda komediya janridan ham ko`proq foydalanish kerakmikan ? Yoki o`zingiz biron “prikol” sahnalarda namoyon bo`larsiz ?
Javob (RAYHON) - Axir men yomorist emasman-ku?!
Bu suhbat orqali biz ham RAYHONni o`zimiz uchun qayta kashf etdik desak mubolag`a bo`lmaydi. Muxlislari uchun vaqt topgani uchun sevimli yulduzimizga tashakkur aytamiz,
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5