Yaratgan Olloh uchun, nahot sajda qilmasak.
Molu dunyo dardida, gunohlarga botamiz.
Qasrdek uy qursak ham, qabrlarda yotamiz.
Olloh bizni yaratdi, ibodatni farz qildi.
Rasulin ustoz aylab, Quronni U dars qildi.
Musilmonman deymizu, sajda nima bilmaymiz.
Masjidlardan uzoqmiz, quron hatm qilmaymiz.
Umr ötar bir zumda, axir dunyo besh kunlik.
Namoz öqish tekindir, masjid emasku pullik.
Biz Ollohga quldirmiz, baxtimizdir bu qullik.
Namoz bizga farz böldi, böynimizda qarz böldi.
Namoz kofir muminni, ajratuvchi pardadir.
Namozxonga namozi, qiyomatda daldadir.
Qiyomatda namozi, mumin uchun hujjatdir.
Benamozlik bu dahshat, qiyomatda kulfatdir.
Hash pash deguncha umr, ötadiyu ketadi.
Ölimning uchqur oti, bir kun quvib yetadi.
Buguncha biz tirikmiz, erta qabr kutadi.
Özini mumin bilgan, namozni döst tutadi.
Benamozlik bu dahshat, hisobi mushkul kechur.
Benamozlar dözaxda, qaynoq suvlarni ichur.
Qabrda benamozni, ulkan qiynoq kutadi.
Qiyomatda benamozni, dözax albat yutadi.
Benamozlik bu kulfat, kofirlikdan nishona.
Naxot ötar umrlar, sajda körmay peshona.
Benamozlik musibat, benamozlik yomondir.
Benamozlik Ollohga, ochiq oydin isyondir.
Kunda besh mahal mumin, ibodatin qiladi.
Bundan shayton alamda, yuz betini yuladi.
Buni körib Ollohim, jilmayibon kuladi.
Biling döstlar Olloh ham, muminlarni suyadi.
Qullik qilgay namozxon, Ollohga sajda qilib.
Qiyomatda namozxon, kirar jannatga kulib.
Hisobi ham yengildir, sabab mumin hujjatli.
Qiyomatda namozxon, beshak bölur hurmatli.
Namozxon baxtli erur, unga maskan jannatlar.
Namozxonga quron döst, topar undan hikmatlar.
Olloh bilan muloqot, namozxonda böladi.
Namozxonlar dunyodan, iymon bilan öladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев