voqealarni yozgim keldi...
Ko’nglimni ochgim keldi Yoshim
21 da. 17 yoshimda talabaga
degan sharafli nomga ega
bo’ldim. Oltinga teng davrim edi.
Hamma kabi sevgi meni ham
chetlab o’tmadi. Uzoq bir
qarindoshimiz, oilaviy yaqin
tanishimiz ba'zida telefon qilib
turardilar. Asta sekin o’qishimdan
uyga kuzatadigan bo’ldilar. 1-
kursligimda sovchilari keldi,
ammo o’zlari bexabar edilar. Ota
onam o’ylab ko’ramiz endigina
1kurs deyishdi. 2 kursga ham
o’tdim. Mandan uzoqlasha
boshladilar. Ahamiyat bermadim
ishlari ko’payib ketgandir deb.
Bizni unashtirishdi. Avvalgidan
ham yiroqlashdilar. Sababsiz
urushlar, ortiqcha tergashlar. Bu
orada to’yimiz kuni aniqlandi.
Lekin ular hecham xursandmas
edilar. Bir kuni telefon qilib to’yni
qaytarishimni so’radilar.
San bilan onamni gapini
qaytarmaslik un uchrashganman
deganlarida nega bunchalik
uzoqlashganlarini o’shanda
tushundim. Ichimdan nima
o’tganligini faqat o’zim bilardim
afsuski bu boshlani ekan.
Hammasi to’ydan keyin
boshlandi. Hamma qizlar orzu
qilgan to’y kunini lekin mani
o’sha kunni eslagim ham
kelmaydi... To’ydan keyin 3kun
o’tib, mani sevolmasliklarini,
mehr berolmasliklarini, ulardan
buni kutmasligimni aytdilar.
SHunchalik qattiq sevardimki shu
gapni eshitib ham tuyg'ularim
o’zgarmadi. To’ydan keyin
alohida yashardik.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5
chiqdim yangi kelinman ln
yuzimda quvonch baxt yo’q edi.
Hech kimga aytolmasdim.
Hammasini ichimda yutardim.
Uyga kelmay qo’ygandilar,
kelganlarida ham mani yonimda
sevganlari bilan telelefonda
gaplashardilar. Bir birlariga
yozgan smslarini ko’rib ichimni it
tirnardi. Bir kuni o’qishdaligimda
o’sha sevganlaridan mani
nomerimga "Baxtsiz san, bu
kuningdan battar bo’l, o’sha erim
deb yurganing kechayu kunduz
man bilan u baribir maniki shuni
bilib qo’y" deb sms keldi.
O’qidimu beixtiyor ko’zlarim
yoshga to’ldi. Javob yozdim.
"Birovni oilasini buzyapsan,
Allohdan qo’rqmaysanmi?” deb.
Shu yozgan gaplarim erimga
yetib borishi aniq edi. Ishdan
erim kelganida ko’rinishidan
bumi tushundim va mani
chaqirib urushib berdi,
telefonimni sindirdi, keyin urib
ko’chaga haydadi ammo hech
qayerga ketmay uyda qoldim.
10kun ham o’tmay uyda bir
o’zim edim, yarim tunda soat
2.da yana o’sha qiz telefon qildi
javob berishim bilan erimni
ovozi eshitilardi....ЕщёO’qishga
chiqdim yangi kelinman ln
yuzimda quvonch baxt yo’q edi.
Hech kimga aytolmasdim.
Hammasini ichimda yutardim.
Uyga kelmay qo’ygandilar,
kelganlarida ham mani yonimda
sevganlari bilan telelefonda
gaplashardilar. Bir birlariga
yozgan smslarini ko’rib ichimni it
tirnardi. Bir kuni o’qishdaligimda
o’sha sevganlaridan mani
nomerimga "Baxtsiz san, bu
kuningdan battar bo’l, o’sha erim
deb yurganing kechayu kunduz
man bilan u baribir maniki shuni
bilib qo’y" deb sms keldi.
O’qidimu beixtiyor ko’zlarim
yoshga to’ldi. Javob yozdim.
"Birovni oilasini buzyapsan,
Allohdan qo’rqmaysanmi?” deb.
Shu yozgan gaplarim erimga
yetib borishi aniq edi. Ishdan
erim kelganida ko’rinishidan
bumi tushundim va mani
chaqirib urushib berdi,
telefonimni sindirdi, keyin urib
ko’chaga haydadi ammo hech
qayerga ketmay uyda qoldim.
10kun ham o’tmay uyda bir
o’zim edim, yarim tunda soat
2.da yana o’sha qiz telefon qildi
javob berishim bilan erimni
ovozi eshitilardi. U qiz esa mani
ustimdan kulardi. Bora bora ichib
kelib kaltaklaydigan odat
chiqardi. Bu orada yangi
mehmon ham kutishimiz
aniqlandi ammo bundan erimni
avzoyi buzildi. Man bundan
shunchalik xursand edimki, axir
ona bo’lishdan ham ortiq baxt
bormi dunyoda?! Erimni baribir
sevardim, hurmat qilardim. Lekin
u tinmay manda ko’ngli yo’qligini
aytardi.
Shu bilan qaytib bormadim ham
Lekin qizimiz bir yoshga to’lgan
kuni tabriklashlarini juda kutdim
ammo... O’sha kundan keyin bor
umidimni uzdim. Alloh hamma
ishni yaxshilikka qilarkan, mehri
yo’q otani qo’lida tarbiya
topgandan ko’ra, uni o’zim
tarbiyalaganim yaxshi emasmi
aslida. Hozir ota onam bilan
yashaymiz baxtlimiz. Lekin bir
savol mani qiynaydi qizim katta
bo’lganida dadasini so’raganida
unga nima deb javob beraman?
Qizimni ko’ngli o’ksik o’sishini
istamayman bu un unga bor
mehrimni beryapman. Afsuski
dunyoda shunaqa mehri yo’q
insonlar ham bor ekan.
Bunday taqdirlar hayotda ko’p
uchraydi. Bunay bo’lishiga
ko’pincha irodasizligimiz sabab
bo’ladi. Qattiyat yetishmasligi esa
"BIR BAHT NIHOLINI QURISHIGA
SABAB BO’LADI”.
Xurmat bilan Qirolicha.