eslaganimda, ko‘zimga
yosh keladi doim.
Yig‘lagim keladi
beixtiyor...
Birinchi muhabbatimni
eslaganimda, ko‘zimga
yosh keladi doim.
Yig‘lagim keladi
beixtiyor...
Birinchi muhabbatimni eslaganimda, ko‘zimga yosh keladi doim.
Yig‘lagim keladi beixtiyor... Uning munis chehrasi ko‘z oldimga
kelganda, o‘zimni aybdor his qila boshlayman. Qanchalar yosh,
sodda edi u. Men qanchalik sevardim uni. Shunchalar sevardimki,
shamolni ham ravo ko‘rmasdim. Ko‘zlari yoshlanishini, ko‘ngli
qayg‘u nimaligini bilishini istamasdim. Lablarida hamisha tabassum
bo‘lishini xohlardim. Ammo u negadir doim g‘amgin yurardi. Ko‘zlari
ma’yus boqardi menga. Nega bunchalik tushkun yurishi sababini
tushunolmasdim. Sababini so‘raganimda, mahzun jilmayish bilan
kifoyalanardi, dardini aytishni istamasdi sira. Qanchalik qistamay,
tayinli javob ololmasdim. Bundan ko‘p siqilardim, lekin unga qattiq
gapirolmasdim. Bir kuni uning kasalxonada yotganidan xabar topdimu,
ko‘nglim yomon xijil bo‘ldi. Yomon hodisa yuz beradigandek yuragimga
g‘ulg‘ula tushdi. Imkon topishim bilan kasalxonaga yugurib bordim.
Uning ahvoli og‘ir ekan. Doktorlardan so‘rab- surishtirib jigar tsirroziga
yo‘liqqanini bildim. Anchadan beri og‘riyotgan ekan. Shuning uchun tez-tez
davolanib turarkan. Lekin bu davolanishlar samarali emas ekan... Palataga
kirganimda, rangi-ro‘yi bir ahvolda yotganini ko‘rib, yig‘lab yuborishdan
o‘zimni zo‘rg‘a tiydim. Meni ko‘rishi bilan o‘rnidan turishgachog‘landi.
Yotaver, yotaver... — yoniga cho‘kkalab, sochlarini silarkanman, nima
deyarimni bilmasdim. — Nimaga xafasiz? — so‘radi u quvnoq ohangda
gapirishga urinib. — Menga ishonmaganing uchun... Nega shu Sizga
paytgacha aytmaganding? — men undan chindan ham xafa edim. —
ishonmaganim uchunmas, xafa qilishni istamaganim uchun
aytmagandim.. uning ovozi juda past eshitildi. Ko‘zlaridan duvillab yosh
quyildi. — Meni kechiring... —Kechirim so‘rama, — o‘zim ham yig‘lab
yuborishga tayyor edim. Lekin uning yonida kuchliroq bo‘lishim kerakligini
tushunardim. — Seni tushunib turibman. Shuni deb tushkunlikka
tushishing yaxshimas. Menga avvalroq aytishing kerak edi... — Foydasi yo‘q.
u ayanchli iljaydi. —Avvalroq aytganimda ham, hech nima o‘zgarmasdi.
Buni hech kim o‘zgartirolmaydi. — Hamma dardning davosi
bor... — Ajalning davosi yo‘q... — Bo‘lmag‘ur gaplarni qo‘y! — baqirib
yubordim o‘zimni tutolmay. — Nega hozirdan bunchalik
tushkunlikka tushib qolding?! Aytyapman-ku, hamma dardning davosi
bo‘ladi. Faqat astoydil harakat qilish kerak... —Oyim bilan adam ko‘p
harakat qilishdi... — uning ko‘z yoshlari tingan, ammo ko‘zlari juda-juda
qayg‘uli edi. — Natija bo‘lmadi shu paytgacha. Qancha tabiblarga olib
borishdi, davolatishdi... Ahvolim yaxshilangandek bo‘ladi-yu, yana... —
Iltimos, unday dema, — uning gaplariga ishonishni, haqiqatni tan
olishni istamasdim. — Hali ko‘p yashaysan, bunga ishonchim komil.
Faqat umidingni uzmasliging kerak. Dardni bergan Alloh davosini
ham beradi. — Koshkiydi... — u yana boyagidek mahzun kulib
qo‘ydi. Shu ma’yus tabassumi yuragimni yomon o‘rtab yubordi.
Hoziroq undan ajralib qoladigandek qo‘rqib ketdim. Tanishganimizdan
beri ilk bor jur’at qilib uning lablaridan o‘pdim. U qarshilik qilmadi...
O‘shanda bu bo‘sa birinchisi va oxirgisi bo‘lib qolishini o‘ylamagandim...
Uning ahvoli yaxshilanganday bo‘ldi. Lekin bu holat uzoqqa cho‘zilmadi.
Bir haftadan so‘ng yana kasalxonaga yotqizishdi. Bu safar o‘zim
ham umidsizlikka tushdim. Uning ahvoli juda og‘ir edi. Erta-indin
o‘lishiga shubha qilmasdi. Gap- so‘zlaridan ham umidsizlik hidi kelardi. Eng
yomoni, men unga qanday dalda berishni, nima deb umidlantirishni bilmasdim.
Hamisha burro tilim taskin bera oladigan so‘z topishga kelganda ojizlik
qilardi... Yana ikki hafta o‘tdi. Uning ahvoli yaxshilanmadi. Kundan-
kun so‘lib boraverdi. Buni ko‘rish menga og‘ir edi. Qo‘limdan hech nima
kelmasligini o‘ylab, ich- etimni yerdim. Ammo... Uning o‘lganini
eshitganimda, dunyo ko‘zimga qorong‘i ko‘rinib ketdi. Yashagim
kelmay qoldi. O‘sha paytda o‘lishga ham tayyor edim. Usiz yashay
olishimga ishonmasdim... Yillar o‘tdi. Ayriliq azobi hozir o‘sha kungiday emas,
ammo unieslaganimda, o‘zimni aybdorday sezaman. Uning o‘limida mening
ham aybim borday tuyiladi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12