Men xam telefon oldim.
To’yib gaplashaman deb,
Ko’pgina pulham soldim.
Zamonaviy bo’laydeb,
Internetga ulandim.
Uch kun o’tmay"vkontaktni”
Kasaliga aylandim.
Xar shaxarda,xar xil yosh,
Go’zal qizlar qalam-qosh.
Gaplashdim xo’p qiziqib.
Do’stim bo’ldi Odnoklassnikida .
Kunlar o’tdi, oy o’tdi,
Bir qizga ishqim ketdi,
Yozib shirin so’zlarni,
O’ziga maftun etdi.
She`rlar bitib tonggacha,
Suxbatlashib shomgacha,
Uxlamadik xattoki,
Yulduz sanab tonggacha.
Muxabbatdan so’ylashib,
Xayollarda o’ynashib.
Layli-Majnun bo’ldik biz,
Ishq dardida kuylashib.
Baxtli edim go’yoki,
Topdim deb zo’r go’zalni.
Qizg’onardim soyamdan,
Xattoki u asalni.
Kunlar o’tib, kun sayin,
Sevgimiz bo’ldi mayin. Ok.ru dagi qiz bilan,
Uchrashuv bo’ldi tayin.
Oq yuvinib, oq tarab,
Oynaga ming bor qarab.
Sevgilimni ko’ray deb,
Otlandim shaxar taraf.
Yurak to’la xayajon,
Bordim aytgan manzilga.
Sms keldi shu on,
Xafa bo’lmang xazilga.
Afsus, afsus shuncha oy,
Ishq dardida kuyganim.
Xazilkash bola ekan,
Jonim deya suyganim.
Qiz bola pochtasidan,
Chiqqan ekan zormanda.
Sevdimdesa ishonib,
Rosa bo’ldim sharmanda.
Achchig’imdan chidolmay,
Telefonni otvordim.
Sinmay qolgan qismini,
Zapchast qilib sotvordim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7