mumkinmi?
Biologik va garmonal o’zgarishlar
hisobiga homiladorlikning dastlabki
uch oyligida ayol jinsiy mayli
anchagina pasayadi. Ayrim olimlar
buni homiladorlikka bog‘liq qo‘rquv
instinkti bilan bog‘lashadi. Chunki odatdagidek kechadigan jinsiy
munosabat ayol va homilaga xatar
tug‘dirishi, masalan, qon ketib, homila
tushib qolishi ham mumkin. Ammo
shu davrda ham ayrim ayollarda jinsiy
istak kuchayishi kam bo‘lsada uchraydi. Homiladorlikning 4-7
oylarida yana aksar ayollarda jinsiy
xohish kuchayishi kuzatiladi.
Homiladorlikning 8-9 oylarida yana
vaziyat o‘zgarib, jinsiy mayl susayadi.
Bu holat homilador ayoldagi tug‘ruq oldi charchoqlari bilan bog‘liq.
Umuman olganda, homiladorlikning
dastlabki uch oyida jinsiy
munosabatlarni keskin kamaytirish,
jimoda ham ehtiyotkor bo‘lib,
shiddatkorlikni pasaytirish tavsiya etiladi.
Ayol homiladorlik payti ham “hayz
taqvimi”ni belgilab borishi lozim.
Chunki, odatda hayz jarayoni ro‘y
beradigan muddatda bachadon tashqi
ta’sirotlarga o‘ta sezuvchan bo‘lib qoladi. Shu bois, jinsiy yaqinliklar
natijasida qon ketishi yoki homila
tushib qolishi mumkin. Qovushishda
erkak og‘irligi ayolga tushmasligi o‘ta
muhim.
Quyidagi hollarda homiladorlikning qaysi muddati bo‘lishidan qat’iy nazar,
jinsiy munosabat ta’qiqlanadi:
Agar homilador ayol nozik va
kasalmandroq bo‘lsa;
Agar ayolda oldingi homilalar tushib
qolishi ro‘y bergan bo‘lsa; Agar oldingi jimolardan so‘ng qindan
ajralma yoxud suyuqlik kelishi ro‘y
bergan bo‘lsa;
Jinsiy munosabatdan so‘ng sababsiz
qon ketishi muqaddam ro‘y bergan
bo‘lsa; Jimo noxush tuyg‘u yoxud og‘riq
bilan kechishi kuzatilsa;
Jimoda lazzatlanish to‘lg‘oq paydo
bo‘lishiga moyillik tug‘dirsa;
Yo‘ldosh oldda joylashganligi yoki
homila atrofidagi suyuqlikning barvaqt ketib qolishi xavfi tug‘ilsa (bu
skrining tashhisiyoti uslubi bilan
aniqlanadi) jinsiy munosabat keskin
to‘xtatib turiladi.
Tug‘ruqdan ikki oy oldin jinsiy hayot
mutlaqo to‘xtatilishini tibbiyot tavsiya etadi.
#AjoyibMaslaxatlar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1