Предыдущая публикация
Qasdlar qilib bir-birimizga.
Lek, yozgandik ismlarimiz
O'chmas qilib yuragimizga.
Bo'y bermadik, egilmadik hech,
G'urur tutib oldi qo'limiz.
Yo'llarimiz tutashdi ko'p bor,
Tutashmadi umr yo'limiz.
Ko'zlar ko'zga tushganda nogoh,
"Salom" dedik va asta "Xayr",
Jim ketdik so'ng cheksak hamki oh
Hayollarga qilgancha sayr...
Har kun o'tdim ko'changdan atay,
O'zim tutdim beparvo lekin.
Bilar edim, kuzatar eding,
Darpardangni ortidan sekin.
Bilmay qoldik soat hisobin,
O'tib ketdi anchayin yillar.
Tillar boshqa yorni dedi-yu,
Tan olmadi shikasta dillar.
Ko'ndik oxir. Ko'mdik yurakka,
Egasi yo'q yetim ishqimiz,
Lek sezardik, sof tuyg'ularning
Uvoliga qoldik ikkimiz...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев