Quyoshni intiqib kutaman, tezroq quyosh chiqsayu, bu uzun, timqora tun ketsa! Tezroq uyg'onsamu, dilga alam yog'dirguvchi tushlar iskanjasidan ozod bo'lsam! Bugun ham sizni tushimda ko'rdim... Tushda ham o'ngdagiday befarq va sovuqqon edingiz. Qanchayin chorlamay, o'zga go'zallar tarafga intilardingiz... Bu qandayin jazo! Bu qandayin alam!? Kun-u tun yodingiz azobi bilan yashamoq... Har kun ichimda yonayotgan o'tni o'chirib, o'zimni ovutib yashash! Yuragimda o'kirib yotgan sherni uyqu afsuni bilan sehrlab yashash... Quyosh ham ko'rindi. Kundalik yumushlarimga chog'lanaman- zora chalg'isam! Quyosh, quyoshjon, seni bu tun hammasidan zoriqib kutdim! Og'rinib kutdim! Zarrin nurlaring- la muz dillarni erit, yuzlarga tabassum hadya et! Kipriklarda jilvalanib, qorachiqlarda yon! Quyoshni sog'ingan qalblarga "Assalom!"
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2