Jonim... Seni baxtga to'lib sevgandim, Gohi yig'lab gohi kulib sevgandim. Borim
nima jonim nima xattoki, Hayotimni senga berib sevgandim. Afsus o'sha damlar
hayol bo'ldiku, Javobi yo'q dilda savol bo'ldiku. Vujudimda yashayotgan
muxabbat, Sho'rlik qalbim ichra uvol bo'ldiku. Shumi baxtim? Men sho'rlikni
bilolmayman, Ich ichimdan yig'lab chindan kulolmayman. Na tirikman na o'lib
ham o'lolmayman, Meni balki sevar kimdir men endi sevolmayman! Sevdim
degan so'zlaring qolib ketdi vafosiz, Chertilmay qalb torlarim nolib ketdi navosiz.
Jahannammi bu dunyo yo g'urbat bu hayotda, Tomchi suvga tashna keng
saxrodaman havosiz. Senga ayon edi qalbim dardlari, Senga bayon edi sevgim
xatlari. Oxim yetar xatto osmon falakka, Senga yetmas ming faryod-u dodlarim.
Sevgim bo'ldi bu dunyoda bir kamim, Muxabbatim bor xasratim alamim. Ishqim
o'ldi xiyonatning qo'lida, Tuyg'ularim armon endi sevolmasman. Armonim, shu
qo'llaringdan tutmay sevdim, G'unchagina labingdan bol ichmay sevdim. Sevdim
deya meni tashlab ketsang hamki, Men bechora yo'llaringni to'smay sevdim!
O'zga qo'llar silar endi sochlaring, O'zga so'zlar maqtar ko'z-u qoshlaring.
Yuragimga otib isyon toshlaring, O'zga lablar erkalaydi yuzlariiiing! O'tib ketdi
sensiz g'urbat kunlarim, Qayg'ularim allalagan tunlarim. Yoshligimdan armon
bo'lgan sevgimga, Bugun so'ngi kunim, so'ngi so'zlarim, tugar bo'ldi umrim
ENDI SEVOLMASMAN....!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1