
Ko'p o'tmay orani ochiq qilishdi. Bola unga oxirgi smsni yozdi.
- bu oxirgi smsim, endi manga begonasan, alvido..!
Qizdan javob kegani yo'q. Shunda u "ikkinchi oxirgi sms"ni yozdi.
- javob yozseng bo'larmidi, mejdu prochim o'rtamizda bir nimalar bor edi..!
Jimlik. Uchinchi sms ketdi.
- sanga yaxshi yangilikni aytmoqchiman, shu deseng san haqingda o'ylamey qo'ydim, umuman..! Tak shto tel qilib yurma manga..!
Qiz tel qigani yo'q. Kunlar ketidan kunlar o'tdi. Sovuq sukunat... Bola yana bitta sms yozdi.
- bilasami shaharda sandanam chiroyli qizlar tiqilib yotibti, xoxlasam hammasi orqamdan yuguradi..!
Baribir jimlik. Shu tariqa bola yana yuzlab "so'ngi" smslar jo'natdi. U asabilashardi, o'ylanardi, nahotki shuncha smslarga aqali bittagina javob kemasa..? Odam deganam shunaqa beparvo bo'ladimi..?
Oxiri taqdirga tan berdi. Sms yozmay qo'ydi. Siqiliw,shdan o'ylanishdan to'xtadi. O'zini chalg'itdi, qaysidir ma'noda qizni unutdiyam. 1 oydan so'ng teliga sms keldi.
- issiqroq kiyinib yuring, ko'cha sovuq...
Sevgini saqlab qolish uchun avvalo SABR kerak..! Qiz esa ulkan sabr egasi edi...!
Men Sizni Sevaman soylarda oqib,
Dengizim, Siz tomon suzaveraman.
Men Sizni Sevaman Layli misoli,
Sahrolarda kezib izlayveraman.
Men Sizni Sevaman quyosh misoli,
Nurga to'ldiraman bag'ringiz har tong.
Men Sizni Sevaman oftob misoli,
Osmonim, poyizga tiz cho'kib har shom.
Men Sizni Sevaman sherlarim bilan,
Yuragim honishi baytlarda oshkor.
Men Sizni Sevaman bor qalbim bilan,
Faqat Sizni qo'msar takror va takror...
Men Sizni Sevaman har dam sog'inib,
Bizlarni ayirgan vaqtni tilkalang.
Kutganim, kutaman to diydorgacha,
Bahtim deb, gulim deb meni erkalang.
Men Sizni Sevaman o'zimdan ortiq,
Jon so'rang jonimni beraman so'zsiz,
Borimni, yo'g'imni qilarman tortiq,
Rang barang dunyo ham kerakmas Sizsiz.
Men Sizni Sevaman to o'lgunimcha,
Ne qilay sevgimdan voz kecholmasam.
Men Sizni Sevaman umr o'tguncha,
Muhabbat dardini tark etolmasdan.
Men Sizni Sevaman qush kabi uchib,
Osmonim, bunchalar yiroqsiz mendan.
Uchaman, uchaman samoni quchib,
Lekin hech kechmasman muhabbatimdan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев