Talabalar dars jadvallariga yangi bir fan qo‘shilganini ko‘rdilar. Uning nomi “Mantiq” edi. Mashg‘ulotga bir keksa professor kirishi kutilmoqda edi. Nihoyat, birinchi dars boshlandi. O‘quvchilardan biri ustoziga:
–Hurmatli professor, “Mantiq” bizga nimani o‘rgatadi? Iltimos, avval shuni tushuntirib bersangiz? -deya murojaat qildi.
Professor o‘ziga hadik va shubha bilan boqib turgan talabalariga:
–“Mantiq” ilmining insonlar dunyoqarashiga ko‘rsatadigan ta’sirini izohlash biroz mushkuldir. Shuning uchun, buni sizlarga bir misol orqali tushuntirmoqchiman, – dedi.
Faraz qiling. Ko‘mir kondan ikki ishchi chiqib keladi; Ulardan birining ust-boshi top-toza, boshqasi ko‘mirning qorasiga belangan. Ulardan qaysi biri yuvinmog‘i kerak?
O‘quvchilar hech ikkilanmay:
–Albatta, ust-boshi kir bo‘lgani-da! – deb javob beradilar.
Professor kulimsirab:
–Farzandlarim, – dedi. – Mantiq bu savolga javob berishdan oldin shuni so‘raydi: “Qanday qilib, bir kondan chiqqan ikki kishidan birining ust-boshi top-toza, boshqasiniki esa kir bo‘lishi mumkin?!...!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8