Предыдущая публикация
Chizaman qasoskor ayol suratin.
Meni so'ng abadiy tark etgay ilhom,
Qayta topolmasman shoir jur'atin.
O'zini unutgan musavvir misol,
Izlayman shaklini rangsiz, oshkora.
Mendan ranjib, yum-yum yig'lagan ayol
Qarg'anib tasvirda tovlanar qora!
San'atda, qorani ba'zan deymiz "oq",
Hayotda har nega bordir iqtibos!
Bilmagan odamga qiyin tushunmoq,
Faqat uni anglar zo'r san'atshunos.
Men endi na shoir, bir mungli rassom,
Sizni deb hayotim kechar huzursiz,
Bir umr olasiz mendan intiqom,
Chunki rasmingizni chizdim uzrsiz!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев