Ne darddan ko'zlaring ma'yus buncha ham,
Baxtning saroyiga birga boramiz,
Yig'lama, o'zimning farishtaginam.
Hayot ko'chasida adashdim bilmay,
Sening sof sevgingni ko'zlarim ko'rmay.
Aytgin, gunohimni man qanday yuvay,
Yig'lama, o'zimning farishtaginam.
Noshudman, qadringni bilmadim kechir,
Holing ne deb bir bor so'rmadim kechir,
Olddan oqqan suvni ko'rmadim kechir,
Yig'lama, o'zimning farishtaginam.
Dardlarim aytmoqqa so'zlar yetmaydi,
Seni o'ylamay bir onim o'tmaydi.
Yig'lasang, ko'nglimdan hasrat ketmaydi,
Yig'lama, o'zimning farishtaginam.
Jondan kechganimdir, sendan kechganim,
Yodimda sevgimga qasam ichganim.
Yetar, o'zi mening yig'laganlarim,
Yig'lama, o'zimning farishtaginam.
Sendan olislarda bo'ldim ne bo'lsam,
Seni yig'latguncha bo'lmasmi o'lsam.
Bir umr bag'ringni baxtga to'ldirsam,
Yig'lama, o'zimning farishtaginam.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1