abad,
Boshqa yo‘lga butkul bo‘lgum
ravona.
Yurak hislariga etmay itoat,
Shu kundan men senga tamom begona.
Ha! Sevaman. Buni etmayman
inkor,
Behuda emasdi ko‘ngil izhorim.
Shubhalar hammasi, hammasi
bekor, Sababi bu emas qat’iy qarorim.
Bugun tushundim men taqdir
hazilin,
Bugun menga ayon zim-ziyo
sirlar,
Bugun bildim tenging emasligimni,
Bugun ko‘z yoshlaring qalbimni
tirnar.
Yo‘q! "Taqdir" atalmish
muhtasham saroy,
Biz ikkimiz uchun ko‘tarmagan qad.
Bahor ham shunchalar bersa-
da chiroy,
Birga ko‘rolmaydi bizlarni
faqat.
Uzr so‘ramayman ketish oldidan,
Chunki sevish, axir, emas-ku
gunoh,
Bosh olib bu yerdan, sening
vaslingdan,
Qaerdan, bilmayman, topaman panoh...
Xo‘p, mayli, uz endi sevging
rishtasin,
"O‘z baxtingni top", -deb
qilaman nido.
Yagona tilagim: Qayg‘u neligin Bilmasdan yashagin.
Xayr!
Alvido!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев