Предыдущая публикация
yashasa,
Armon neligini bilmay yashasa.
Barcha alamlarni jarlikka otib,
Yurakning aytganin qilmay
yashasa.
Bo'larkan ko'zyoshlar to'kmay
yashasa,
Hijron daryosiga cho'kmay
yashasa.
O'tmishdan ko'z yumib, ortga
boqmasdan,
Beshafqat taqdirni so'kmay
yashasa.
Bo'larkan g'ururdan kechmay
yashasa,
Sog'inch sharbatidan ichmay
yashasa.
Xudbinlik qasriga qamalib olib,
Hidoyatga eshik ochmay
yashasa.
Bo'larkan yuraksiz, qalbsiz
yashasa,
Ko'ngilda zarracha dardsiz
yashasa.
Dunyodan bexabar, iymondan
ayro,
Baxtga intilmasdan, baxtsiz
yashasa...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев