Предыдущая публикация
Sevgi,azobmisan,nimasan o'zi?
Xayolning visoldek ko'r ekan ko'zi?
Otashdek kul bo'lgan ko'nglimning so'zi-
Iltimos, bir lahza xayolimdan ket!
Seni orzularga o'rab ko'ray-chi,
Yurakdan xohishin so'rab ko'ray-chi,
O, yurak.. Bormikin? Qarab ko'ray-chi,
Iltimos, bir lahza xayolimdan ket!
Bir lahza. Butunlay ketgin demayman,
Sen ketsang, men ahir qanday yashayman?
Bilaman, baribir senga yetmayman...
Iltimos, bir lahza xayolimdan ket !
Bir zumga ketaqol, bir sensiz yashay,
Qolmoq uchun kurashding,men ham kurashay,
Yo meni qiynash-chun qoldingmi atay?!
Iltimos, bir lahza xayolimdan ket !
Shumtakaning kundaligidan..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев