Balki buni sabablari bordir, balki men siz kutgan baxtni, e’tiborni bera olmayotgandirman, balki meni emas o’zga insonni ko’rganingizda yuragingiz urib, qinidan chiqqudek bo’lar!!! Balki men bermagan baxtni o’zgalardan olayotgandirsiz, balki uning va’dalari menikidan ko’ra ko’proq va yoqimliroqdir!!!
Mayli agar men bilan baxtli bo’la olmasligingizga ishonchingiz komil bo’lsa, o’sha baxtiyor inson bilan baxtli bo’ling!!! Ketar bo’lsangiz ham orqaga o’grilmasdan keting, chunki sizni ortingizdan qarab qolgan yosh to’la ko’zlarimni ko’rishingizni xoxlamayman!!!
Mayli tunlarimni bedor o’tkazsam ham, yurak bag’rim tilka-pora bo’lsa ham, umidsizlik ummoniga cho’ksam ham sizni unutaman!! Sizdan esa so’nggi iltimosim esa MENI HECH QACHON ESLAMANG, XATTO BU DUNYODA BORLIGIMNI HAM UNUTING!!! O’shanda sizga ham, unga ham, menga ham yashash osonlashadi!!!
Unutarman!!!!
Bilgin qanchalik sen keraksan,
Lekin go’yo men kerekmasman.
Chunki kundan kun ko’ngling sovib,
Mendan uzoqlashib boryapsan.
Balki hayotingda o’zga bor,
Unda va’dalar mendan bisyor.
Balki aytolmay chekding ozor,
Unday bo’lsa jonim yaxshi qol!
Unutarman qiyin bo’lsa ham,
Yurak bag’rim qonga to’lsa ham.
Unutarman seni, eslamagin meni.
Halovatsiz tunlarim qora,
Qo’ng’iroq qilarmisan zora.
Yuragimni etib ming pora,
Vujudim sochar dardli nola.
Balki sen ketging kelar mendan,
Baxtli bo’lsang roziman sendan.
Men esa baxtsiz,baxtli bo’lib,
O’tarman hech kimni sevmasdan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев