Ishonaman, aytganlaring samimiy Lekin birdek tutolmaymiz mayli rag'batni Ehtirosning mahsulidir ahd ila paymon Ammo o'sha olov bir kun so'nar begumon Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin Bir kun yerga shart uzilib tushmog'i tayin Yashash uchun qasamlarni unutish lozim Qasamlarki shosha pisha ichamiz doim Yolg'iz bitta rag'bat uchun yashamaymiz bas Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas Alvon-alvon suratida sevinch va qayg'u Bir-birini sovuradi, suradi yog'u Sevinch degan ko'rinadi qayg'uga xira Qayg'uning ham sevinch bilan ishi yo'q sira Hamma narsa muvoqiddir, foniydur hayhot Qaydan ketsa muhabbatning umriga sabot Kim kimniki, buni hali yechmoq kerakdir Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni taqdir Yiqilganda do'stlaring ham yuzin o'girar Yuksalganda dushmanlaring do'st bo'lib turar Xo'sh, nimadir ataymi yo tasodifmi bu Kimki do'stdan bezor bo'lsa, uning do'sti mo'l Do'stga muhtoj bo'lib do'stni o'ylagan odam Oxir dushman qilib qo'yar yolg'iz do'stni ham Boshlaganim, o'sha gapga qaytaman yana, dunyo degan tuganmas bir tasodif xona, kerak payti bizning izmi ixtiyorda bas, Orzu qilar istak qilar mahsuli qolmas. Siz ikkinchi er qilishdan etsangiz xazar, To birinchi bevalikka yetkunga qadar. Masofa cheksiz Azizim mensiz, Taqdir shartlariga berolmay bardosh, tashlab ketdi mana yosh bir qalamqosh, bir deganda ketdi ham do'st ham sirdosh, o'ylab ko'r sababi nima, hm... maosh.. Masofa cheksiz, azizim mensiz, qaylarda qoldi endi bizni ahdu-paymon, Azizim mensiz, masofa cheksiz, Umr bo'yi bo'lamiz pushaymon. Bor endi dengiz, men esa sensiz, Nega hayollarim narigi soxil tomon, Bor endi dengiz, soxilda yolg'iz Masofa bepoyon Masofa bepoyon...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев