Ko'zning tashqi burchagidan yuqoriga qaragan ajinlar, hayotda o'z o'rnini topadigan, atrofidagilarning hurmatini qozona oladigan ayollarga hos.
Lab atrofidagi “o'rdak panjasi” shaklini eslatuvchi ajin optimistik xarakteringizdan darak beradi. Bu toifa ayollar o'zgalar dardiga sherik bo'lib, o'zi qolib, birovning muammosini hal etish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi.
Ikki qosh ortasidagi chuqurcha taqdirning siz uchun atagan sinovlari hali oldinda ekanligini anglatishi mumkin. Tashvishlanmang! Qosh o'rtasidagi yirik ajin ko'p hollarda yuqori martabaga erishish, parvoz onlari va baxtli turmush bilan ham ifodalanadi.
Qoshning faqat bir tarafiga qarab yo'nalgan ajin sog'ligingizdagi o'zgarishlardan ogohlantiradi. Shaxsiy hayotda esa hammasi yaxshi va siz kutgandek bo'lishiga ishoradir.
Ikkita qosh o'rtasida, eniga joylashgan va yaqqol ko'rinib turgan ajinlar, tashkilotchilik qobiliyatingizdan darak beradi. Hamisha vaqtingiz ziq, nuqul chop-chop bilan bandsiz. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan asabiylik ham kuzatiladi. Shundaymi?
Peshonadagi ingichka, bilinar-bilinmas ajinlar fel-atvoringizning o'zgaruvchan ekanligini bildiradi. Bu toifa ayollar did borasida ajralib turishadi, o'zi ham, hayoti ham go'zal bo'lishi uchun tinmay mehnat qilishadi.
Yuzdagi yoshga doir tekis, aniq va chuqur joylashgan ajinlar sohibasiga erkaklar ham havas qilsa arziydi. Unda o'ziga hos shijoat, g'ayrat va maqsad sari intiluvchanlik bor.
Peshonadagi qisqa yotiq chiziqlar yumshoq felli, ko'ngilchan ayollarga hos. Bunday ayolni hafa qilish oson bo'lsa-da, arazini ortiqcha namoyish etavermaydi. Hatto g'am-g'ussani ham kulib turib yengishi mumkin
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев