baholash testi
Siz quyidagi matnlarni mazmuni
bilan tanishib chiqing va
xarakteringizni aks ettiradigan
bandlardan birini tanlang.So'ngra
natijalar darchasidan
xarakteringiz haqida ma`lumot
oling.
1.Men-tabiiy pessimist, kayfiyatim
doimo tushkun holda. Menga
hayot mazmunsizdek tuyuladi.
Doimo uning ayanchli tomoni
haqida o'ylayman. Nima yahshi,
nima yomonligini ajrata
olmayman. O'zimni nimadandir
ayibdordik his etaman.
Atrofdagilar menga shubha bilan
qaraydigandek tuyuladi. Men
doimo g'amgin va tushkun
holdaman. Hamma narsaadn
norozi bo'lib yuraman. Ishlarni
sekin va shoshmasdan
bajaraman. Qiyinchiliklar oldida
ojiz qolaman. Ertalablari o'zimni
noxush, toliqqandek his etaman.
Mening hayotim hech narsaga
arzimaydigan, maqsadsizde
2.Mening kayfiyatim doimo
yaxshi. Men atrofdagilar bilan
munosabatlarda ochiq va
xushmuolaman. Men
boshqalarning ishiga, taqdiriga
befarq emasman. Men odamlar
bilan suhbatdan rohatlanaman.
Odamlarga bajonidil yordam
beraman. Ko'p va'dalar beraman,
ammo ularni hammasini ham
bajaravermayman. Sabr-toqatni
talab qiladigan ishlarni
yoqtirmayman. Ishlarim juda
ko'p, ammo ularning hammasini
ham vaqtida bajarishga
ulgurmayman. Atrofdagilar meni
fikrlarimni bajonidil tinglashlarini
bilaman. Atrofdagilar meni
bajonidil tinglashadilar va
so'ngra jo'yali fikrlarimni o'z
o'rnida foydalanidilar. Mening
fikrlarimga qarshi chiqishlarini
yoqtirmayman. Asablashsam,
qo'pollashaman, do'q uraman va
hammani ko'nglini qoldiraman.
Mening ishtaham anchagina
yaxshi. Men anchagina sho'xman.
Mening mimikalarimga qarab
aktiyorlik qobiliyati bor deb
biladilar
3.Mening kayfiyatim tez-tez
o'zgarib turadi. Uzoq vaqt
davomida, o'zimni yaxshi his
etaman, ishda muhokama
yuritishni yoqtiraman. Uyqum
joyida. Do'stlarim bilan
uchrashishni yoqtiraman O'zim
bilan bo'gliq noxush holatlarni
osongina bartaraf etaman. Biroq
o'zim tushunmagan holatlar
kayfiyatimdagi buzilishlar uzoq
vaqt davom etadi. Bu holat bir
necha haftadan oygacha davo
etishi mumkin. Natijada
hammaqsiga qo'l siltab
qo'yaqolaman va o'zimni
taxqirlangan va azoblangandek
his etaman. Hech kim bilan
korishsishni xohlamayman.
Bunday holatni unutish uchun
yolgiz qolishni afzal hisoblayman.
Kayfiyatimdagi bunday
o'zgarishlar bahor va kuz faslida
ko'proq uchraydi
4.Men ochiq ko'ngil, quvnoq,
ammo ozgina noxushliklardan
(obi-havoning o'zgarishi, noxush
aytilgan so'z, noqulay qarash va
boshqalar) ham ranjiydigan
xarakterga egaman. Bu holat
uzoq davom etmaydi. Qiziqarli
yangiliklar, iliq munosabatlar
meni ishlashimga yaxshi ta'sir
ko'rsatadi. Kun davomida mening
kayfiyatim har xil sabablarga
ko'ra bir necha bora o'zgaradi.
Nima uchun kayfiyatimni
ko'tarilib tushushini o'zim ham
tushunmayman. Ba'zi hollarda
bolalardek bo'lib qolaman.
Mening tuyg`ularimga har doim
ham ishonib bo`lmaydi. SHu
sabablidir ozgina
ko'ngilsizliklarni qiyinchilik bilan
kechiraman.
5.Men o'zimni ko'pincha horgin
va toliqqandek sezaman.
Kayfiyatimda dilgirlik kuzatiladi.
Ba'zi kishilarni buyruq
berishlarini yoqtirmasamda,
ayrimlariga esa o'zim buyruq
beraman. Uzoq vaqtli kuch bilan
ishlash va zo`riqishlardan
so`ngra o'zimni toliqqandek his
etaman hamda uxlashga moyil
bo'laman. Sog'lig'imdan
bezovtalanaman. Qandaydir
og'riqlardan azoblanaman.
Ba'zan yurak o'g`rigi, ba'zan
bosh o'grigidan azoblanaman.
Uzoq vaqtli zuriqish va toliqishlar
diqqatimni to'plashga xalaqit
qiladi. Mening ishtaham
anchagina yomon. Uyqumda ham
halovat yo'q. Ba'zan uyqudori
qabul qilishimga to'gri keladi.
Qo`rqinchli tushlar ko`raman.
Uyqusizlik tufayli o`zimni loxas
his etaman. Ozgina ko`ngil
xiraliklarda ham asabiylashib,
yig`lab yuboraman. Yangi
muhitga moslashishim qiyin.
Menda batartiblik etishmaydi.
Ishlarimda tartibsizlik hukmron.
6.Ochig`ini aytsam, men
uyatchan, jur’atsiz,
taassurotchan, qo`rqoq
odamman. Meni maqtab
gapirishganda o`zimni noqulay
his etaman va o`zimni yo`qotib
qo`yaman. Odamlar orasida
o`zimni noqulay sezaman. SHu
bois yolg`izlikni ma’qul
hisoblayman. Qorong`ulikdan
qo`rqaman, kichkina
sho`xliklardan ham chuchiyman.
Janjallardan, bahs
munozarlaradan o`zimni olib
qochaman. YOki raqiblarimga
yon beraman. Odamlar orasida
bo`lish meni toliqtiradi. SHu bois
yolg`izlikni yoqtiraman. Jonli
bahs-munozalarda
aralashmayman. Nizolardan
qochaman. YAxshisi, ularga yon
berib qo`yaqolaman. Odatda
tushkun kayfiyatda bo`laman.
O`zimga ishonmaganligimdan
doimo azoblanaman. Ko`chli va
o`ziga ishonganlarga nisbatan
tobedik o`zimni his etaman.
Ko`pchilik ishtirok etadigan
davralarda o`zimni ojizdek his
etaman, qizarib ketaman va
duduqlanib qolaman. Uyqum
behalovat va bezovtali.
Qo`rqinchli tushlar ko`raman.
7.Qo`rqoqlik,
shubhalanuvchanlik, qat’iyatsizlik
mening xarakterimga xos
xususiyatlardir. Qaror qabul
qilishga qiynalaman. Biror narsa
yuzasidan qaror qabul qilib, uni
bajarishga kirishishga
shubhalanaman. Menga taskin
berishlarini yoqtiraman.
Do`stlarning qo`llab-
quvvatlashlarisiz o`zimni ojiz his
etaman. Sog`lig`im va
yaqinlarimning taqdiridan
bezovtalanaman. Doimiy xavotir,
bezovtalanish hayotimning
mazmuniga aylanib qolgan. Men
pedant, rasmiyatchiman. Menga
e’tibor bilan qarasalar uyalib
ketaman va o`zimni yo`qotib
qo`yaman. Tortinchoqligim va
uyatchanligim tufayli amalga
oshirishim kerak bo`lgan ishlarni
bajarolmay qolaman. Hattoki,
menga yaxshilik qilsalar ham
qanday qilib tashakkur aytishga
ham qiynalaman. Besunaqayligim
va xatti-harakatlarimning
dag`alligi tufayli jismoniy mehnat
bilan shug`ullanishni
yoqtirmayman.O`zimni tahlil
etishga moyilman. Men umumiy
masalalarni muhokama qilishni
yoqtiraman.
8.Men odamovi va tund
odamman. Tanishlarim davrasi
anchagina tor. Davralarda o`z
o`rnimni topa olmayman.
Odamlar orasida ham o`zimni
yolg`iz sezaman. Tund odam
bo`lsam-da, ba’zida o`z
kechinmalarimni kimlar bilandir
baham ko`rishni, notanish
o`zimga yoqqan kishiga
dardalarimni bayon etishimni
tushunmay qolaman.
YAqinlarimni tashvish va
quvonchlarini tushunishim qiyin.
O`z navbatida ular ham meni
tushunmaydilar. YAqinlarim men
bilan muloqot qilish qiyinligini
aytadilar. Ba’zi xatti-
harakatlarimdan atrofdagilar
taajjublanadilar. Mening o`z
fikrlarim bo`ladi, ammo u
sheriklarimnikiga mos kelmasa
undan voz kechib qo`ya qolaman.
Boshqalarning maslahatiga quloq
solishdan ko`ra ishni o`zim
bilganimdek amalga oshiraman.
Ichki olamim, kechinmalarim,
g`oyalarim atrofdagilar uchun
tushunarsiz. Men tez-tez
atrofdagilarning tabassum bilan
qarashlariga beparvoman.
Atrofdagilar bilan munosabatda
boshqalar kam ishlatadigan
so`zlardan foydalanaman.
9.Men g`oyalarni ilgari suruvchi,
doimo ixtirolarimga qarshilik
qiladiganlar bilan kurashuvchan,
islohotlarni yoqtiradigan
insonman. Insonlarni
kuzatishlarim ularga nisbatan
o`zimni ustunliglarimni
ko`rsatishimga olib keladi.
Atrofimdagi kishilar meni
fikrlarim qo`llab-quvvatlaydilar.
Men bilan fikrlari mos kelmagan
kishilarni kechira olmayman. "Kim
men bilan birga bo`lmasa, u
mening raqibimdir” tamoyiliga
asoslanib yashayman. O`zimni
kamsitish uchun asoslar yo`q..
Kayfiyatim yaxshi va o`zimni
quvnoq his etaman. Doimo tetik
va faolman. Oldimga qo`ygan
maqsadlarimga erishmasdan
qo`ymayman. Agar nuqsonlarga
yo`l qo`ysam ularni o`zim
tuzatishga harakat qilaman. O`z
aytganlarimga erish uchun har
qanday usuldan foydalanaman.
Tanishlarim ba’zan ularga jabr
qilib qo`yayotganligimni
aytadilar. Men esa bunga
ularning o`zlari aybdor deb
hisoblayman. Hayotda o`zimni
haqligimni isbotlashga harakat
qilaman va bunga erishaman.
10.SHaxsiy va ishdagi
qiziqishlarimdan boshqa
qiziqishlarim yo`q.
Ko`ngilxiraliklarni uzoq vaqt
unutolmayman.Men batartiblikni
yoqtiraman. SHuning uchun
tartib-qoidalarni bilib olishga
doimo intilaman. O`rnatilgan
tartiblarga sinchkovlik bilan
yondashishni qo`llab-
quvvatlayman. Har qanday yomon
xatti-harakatlarni kechirmayman.
O`zim ishga batartib va aniqlikni
yoqtirganim singari
boshqalardan ham shuni talab
etaman. Maslahat berishni burch
deb bilaman. Ammo rahbarlik
qilishni xush ko`rmayman. Vaqti-
vaqti bilan sababsiz tushkun
kayfiyatda bo`laman. Bu vaqtda
qizishib, ta’sirchan bo`lib
qolaman. Meni ishlarimning
batartibligi va puxtaligini
boshqalarga namuna qilib
ko`rsatadilar. Odamlar bilan
munosabatda o`zimni o`ta
kirishimli deb bilmayman, ammo
hech narsaga qaramasdan
ishlash noxushliklarga olib
kelishini bilaman.
11.Atrofdagilarning menga
beparvo munosabat
o`rnatishlariga yo`l qo`ymayman.
Meni namuna sifatida
ko`rsatayotishlarini,
boshqalarning diqqat markazida
bo`lishni afzal bilaman.
Atrofdagilarni taajjubga solishni
va hayratlantirishni yoqtiraman.
Men hikoyalarni tinglovchilarga
manzur qilib bayon eta
olaman.Menda artistik qobiliyat
bor.Atrofdagilarning menga
nisbatan befarq emasligini
bilaman.Men bajonidil do`stlasha
olaman. Afsuslar bo`lsinki, hali
haqiqiy do`st topishga
erishganim yo`q. Menga e’tiborli
kishilarni qadrlayman. Tobim
qochgan vaqtlarda meni yaxshi
parvarishlashlarini xohlayman.
Ishda meni boshqalarga namuna
sifatida ko`rsatishlarini
yoqtiraman. Atrofdagilarning
e’tiboriga mos kiyinishga
intilaman.
12.Men davralarni yoqtiradigan,
yolg`izlikni yoqtirmaydigan
insonman. Ko`pincha o`zimga
nisbatan kuchli kishilarni o`zimga
namuna sifatida qabul qilaman.
Agar meni hech kim nazorat
qilmasa yoki yordam bermasa
boshlagan ishimni oxiriga etkaza
olmayman. Men do`stlar
davrasidagi kechalarni juda
yoqtiraman. Xushchaqchaqlikni
ma’qul hisoblayman. Menga
taqiqlangan narsalar
yoqadi.Uydagilar mendan
dangasa, betartib, intizomsiz deb
o`pkalaydilar. Ammo bu
tanqidlarga nisbatan
beparvoman.Xatti-
harakatlarimdanhushyortortish,
pushaymon bo`lish, bu ishlarda
mening aybim kam ekanligi
haqida o`ylayman. Mushkul
holatlarda meni qo`llab-
quvvatlaydigan do`st bo`lishini va
bu esa meni kam xatoga yo`l
qo`yishimga olib kelishi haqida
o`ylayman. Hammasi yaxshi va
xursandchilik vaqtlarimda
kelajagim haqida kam o`ylayman.
13.Hamma qanday yashasan
shunday yashash kerak,
atrofdagilardan ajralib qolish
kerak emas deb hisoblayman.
Ortga qolib ham ketish ham,
ilgarilab ketish ham kerak emas
deb bilaman. O`ziga xoslikni
yoqtirmayman. Atrofdagilardek
yashashni ma’qul hisoblayman.
Hayotda ham ularning
e’tirozlariga duch kelmaslikka
harakat qilaman. Kechalari va
bayramlarni yoqtiraman. O`ziga
bino qo`ygan kishilarni
yoqtirmayman. Telivizor ko`rishni
yoqtiraman. Ko`pchilikning fikrini
doimo haq va unga qarshi
chiqish yaxshilikka olib kelmaydi
deb hisoblayman.
Natijalar:
1.melanxolik
2.gipertim
3.stikloid
4.emotsional-labillik
5.nevrasteniya
6.senzitiv
7.psixastenik
8.shizoid
9.paranoyal
10.epiliptoid
11.isterik
12.beqaror
13.konform
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев