qo’zg’atishni istasang,
mayda toshlarni bir
chetga surishdan boshla.
- Xitoy xalq maqoli
Fikr yoki g’oya bu -
aqlimizning ijod faoliyati
mahsulidir. Aqlimizda turli
muammolarning yechimi
yoki yangiliklar haqida
fikrlar tug’iladi. Fikrlar
odatda biror hayotiy
muammo yechimini izlash
jarayonida shakllanadi.
Biror bir vazifa haqida
o’ylaganda, biror qiyin
vaziyatga tushganda inson
fikrlashga majbur bo’ladi.
Ba’zi hollarda insonda
istamagan holda ham
ajoyib fikr tug’ilishi
mumkin. Ko’p olimlar shuni
tan oladilarki, ularning
aksariyati biror masalaning
yechimini izlayotganda bir
joyda o’tirmas, balki albatta
harakatda bo’lib turishi
kerak. Qachonki bizning
tanamiz harakatda bo’lsa,
shunda aqlimizga
muammolar yechimi oson
kelar ekan.
Ijodiy fikrlash uchun
nima qilish kerak ?
G’oya aqlimizga qayerdan
va qanday keladi ?
Qanday qilib aqlimizda
yangi fikrlar paydo
qilishimiz mumkin ?
Inson miyasida yangi
fikrlar kelishi uchun nima
qilish kerak ?
Ma’lum bo’lishicha odam
piyoda yurayotganda yoki
hojatxonada o’tirganda
ijodiy fikrlar kelishi mumkin
ekan... “Nega shunday?” -
degan savollar insonni
qiynashi mumkin. Siz qaysi
soha vakili bo’lishingizdan
qat’iy nazar fikrlashga
muhtoj bo’lasiz. Miyangizga
kelgan “tovushsiz gaplar”ni
amalda bajarib ko’rasiz.
Rassom yoki naqqosh, fizik
yoki matematik, muhandis
yoki arxitektor bo’lasizmi,
kompyuter dasturchisi yoki
dizayner bo’lasizmi, buning
farqi yo’q, siz fikrlay
boshlasangiz aynan
o’zingiz qiziqqan sohada
siz uchun yangi g’oya
(fikrlar) aqlingizga keladi.
Xudo insonni juda
mukammal qilib yaratganki,
uning ichki dunyosida ham
katta olam bor. Inson
fikrlay boshlasa, yechim
topiladi. Har qanday
istalgan savolingizni (u
qanchalik murakkab
bo’lmasin yoki hech kim
javob topolmagan bo’lsa
ham), agar astoyidil bir
necha kunlar yoki oylar
davomida o’ylasangiz, bir
kun javob topiladi. Bu hol
ko’p tajribalarda kuzatilgan.
Insonning aqliga fikrlar
qayerdan keladi ? - degan
savol tug’iladi.
Ko’pchilikka sir emaski,
ijodiy ish bilan
shug’ullanadigan ba’zi
kishilar, xususan ba’zi
yozuvchilar mast qiluvchi
ichimlik istemol qilib
turadilar. Buning boisi,
mast bo’lgan odam boshqa
muammolarni unutadi va
miyasi orom oladi. Lekin
buning oqibati albatta
yomon hisoblanadi.
Muammolar yechimini
topishning yo’li agar biror
masala yoki muammoning
yechimini izlayotgan
bo’lsangiz, uzoq masofa
tekis yo’lda piyoda
yurayotgan paytingizda
fikrlang. Eng kamida 3 kun
davomida fikrlasangiz
yanada yangi g’oyalar
aqlingizga kelaveradi. Iloji
bo’lsa, yon daftarcha va
ruchka ham olib yuring.
Agar, zamonaviy smartfon
telefoningiz bo’lsa, uning
“note” finksiyasidan
foydalanish mumkin.
Dmitriy Mendeleyevning
yozuv stoli ancha baland
bo’lib, ko’pincha tik turgan
holda yozar ekan.
Aytishlaricha, u birorta
mashhur ilmiy ishini
o’tirgan holda yozmagan
ekan. Xonada tikka harakat
qilib turgan holatda aqliga
kelgan fikrlarni qog’ozga
tushirgan ekan. Yana ba’zi
holatda inson aqliga
kutilmagan ajoyib fikrlar
kelishi mumkin. Eng ajoyib
fikrlar ko’pincha uyquga
ketishdan oldin kelar ekan.
Odam yarim uyqu aralash
fikrlasa, nima haqida
bo’lmasin shu o’ylayotgan
narsasi haqida yangi
g’oyalar kelishi mumkin
ekan. Ammo ertalab
uyqudan turganda bunday
bo’lmaydi. Yana, bundan
tashqari, hammomga kirib
cho’milish paytida ham
inson fikri sokinlashar
ekan. Iliq suvda cho’milish
paytida xotirjam bo’lib
fikrlaganda ham aqlga
ijodiy fikrlar kelar ekan.
Insonga yoqimli bo’lgan
sokin musiqa ohangi ham
insonni ruhlantirishi
mumkin. Odamni
sokinlashtiradigan pianino
yoki nay ohangi ta’sirida
ijodiy kayfiyat paydo
bo’lishi mumkin.
Ovqatlanish fikrlashga
foydami? Och qorinda
odamning xayoli ovqatda
bo’ladi. Och qorinda
odamning boshi og’rishi
mumkin. Ijodiy fikrlash
uchun qorin juda och
bo’lmasligi, shu bilan birga
juda to’q ham bo’lmasligi
kerak. Mumkin qadar,
yengil ovqatlanish kerak.
Meva, sabzavot, salatlar
bilan taomlanish kerak.
Baliq go’shti ham inson
miyasiga juda foydali. Juda
to’yib ovqatlanish
fikrlashining sustlashuviga
olib keladi va odam
dangasa bo’lib, hatto
o’ylashga ham madorsiz
bo’ladi. Ob-havo ham
odamning fikrlashiga ta’sir
ko’rsatadi. Issiq havo
odamni lanj (sust) qiladi.
Aqliy mehnat bilan
shug’ullanish uchun salqin
havo qulay. E’tibor
bersangiz, shimoliy
mamlakatlarda – sovuq
o’lkalarda yoki dengiz
bo’yida yashaydigan xalqlar
ichida ko’plab olimlar va
kashfiyotchilar yetishib
chiqqan. Xullas, Odamning
aqliga yangi fikr – g’oyalar
kelishi uchun miya sokin va
orom olishi kerak. Fikr
keladigan vaziyatlar bu:
yotish payti - uyqudan
oldin, hammom yoki
hojatxona, yo’l yurish payti,
sokin musiqa ohangida.
Aqliy mehnat uchun
mo’tadil havo ham yordam
beradi.
Psixologlarning
kuzatishicha, ko’rgazmali
obrazlarni idrok qilishda
idrok qilingan belgi va
so’zlar o’rtasida aloqa
o’rnatiladi, ya’ni ko’rish
tajribasining verballashuvi
yuz beradi.
Tafakkur jarayonida bir fikr
zanjiridan boshqasiga asta-
sekin o’tish kerak bo’ladi.
Ba’zan shuning uchun
birinchi fikrdan to oxirgi
fikrgacha tafakkur nazari
bilan qamrab olib
bo’lmaydi. Biroq, inson
fikrlarning uzun zanjirini
umumlashtirib, uni bitta
umumlashtiruvchi jarayon
bilan o’zgartirish
qobiliyatiga ega.
Fikrlash
operasiyalarini
umumlashtirish
jarayoni
Fikrlash operasiyalarini
umumlashtirish jarayoni –
bir nechta tushunchalarni
bittasi bilan anglash,
simvollardan foydalanish
qobiliyatidir. Ba’zi
tadqiqotchilar ko’chkidek
yopirilib kelayotgan ilmiy
axborot oxir-oqibat fan
taraqqiyoti tezligining
susayishiga olib kelishi
mumkin, deb o’ylagandilar.
Ular ijod qilishdan oldin
uzoq vaqt davomida zarur
bilimlarni yig’ish kerak deb
hisoblashardi. Biroq ilmiy
axborot ortishi fan
taraqqiyotini susaytirmadi
yoki to’xtatmadi. Uni qabul
qila olish esa, qisman,
insonning
umumlashtiruvchi aqli
tufayli bo’ladi. Birmuncha
mavhum tushunchalardan
foydalanib, inson o’z aqliy
diapazonini kengaytiradi.
O’xshashliklar qidirish –
malaka yoki g’oyani
ko’chirishning muhim
sharti hisoblangan
umumlashtiruvchi
strategiyani ishlab
chiqishdir.
Diqqatning keng bo’linishi
muammoni yechish
imkoniyatini oshiradi.
«Begona» axborotdan
foydalanib vazifani yechish
– yondosh fikrlashdir.
Buning namunali misoli
Arximedning
gidrostatikaning asosiy
qonunini kashf etishida
ko’rinadi. Agar muammo
faoliyatning o’zgarmas
maqsadiga aylansa,
dominantlik qilsa, yondosh
tafakkur foyda beradi. Fikr
harakatini yo’naltiruvchi,
maqsadning neyron
modelida qo’zg’alish
shakllantiruvchi va uni
uzoq vaqt ushlab turuvchi
miyaning qobiliyati
iqtidorning tarkibiy
qismlaridan biridir. Tashqi
qo’zg’ovchini o’ziga
tortuvchi dominanta –
tushuncha, tasavvur, fikr,
muammo bo’lishi mumkin.
Shotlandiyalaik vrach J.
Danlopning o’g’li tosh
yo’ldan velosipedda yurib
qiynalardi. Danlop bog’ini
shlang bilan sug’ora turib
uning yengil, prujinasimon
sakrashiga e’tibor berdi.
Natijada u birinchi bo’lib
shinani kashf etdi.
Keltirilgan barcha
misollarda yondosh fikrlash
qiyin muammoni, aynan
uning dominant bo’lganligi,
barcha tashqi
qo’zg’ovchilarni o’ziga
tortganligi uchun yechgan.
Ijodiy iqtidorning keyingi
sharti – assosiasiyalash
(bog’lash)ning yengilligi va
bog’liq tushunchalar
uzoqligi, ular orasidagi
«ma’nolar masofasi».
Obrazlar va tushunchalarni
o’zaro bog’lash – ularni
xotirada saqlashning
konkret shaklidir. Tafakkur
jarayonida oldindan tashkil
etilgan va tartibga solingan
(qisman idrok etish
davomida) ma’lumotlardan
foydalaniladi. Assosiasiv
bog’lanishlar xarakteri joriy
(o’sha vaqtdagi) idrok bilan
birgalikda fikrlash
jarayonining borishini
belgilaydi va chegaralaydi.
Inson xotirasidagi so’zlar
assosiasiv guruhlarga
to’planib turadi va idrok
hamda tafakkur jarayonida
tayyor holda ishlatiladi.
Tayyor assosiasiv
shablonlar fikrlashni
tejaydi. Tayyor
assosiasiyalarsiz tafakkur
uzilgan, pala-partish
bo’ladi, ya’ni fikrlash
jarayoni og’ir buzilishga
uchraydi.
Noto’g’ri farazni vaqtida
rad eta olish qobiliyati ham
tafakkur egiluvchanligiga
kiradi. Agar qiziq, lekin
noto’g’ri g’oya ustida uzoq
bosh qotirilsa, vaqt boy
beriladi. Farazni juda tez
rad etish esa yechimni
topish imkonini boy
berishga olib kelishi
mumkin. O’z mustaqil fikri
natijasida o’ylab topilgan
farazni rad etish juda qiyin.
Buni quyidagi
eksperimental vazifani
yechishda ko’rish mumkin.
Fikr tug’ilishi uchun ongda
bor obraz (model)ning
hech bo’lmaganda ikkitasi
qo’zg’alishi zarur. Miya har
qanday fikrni u yoki bu
konkret kodli shaklga
soladi. Turli odamlarda
ko’rish, eshitish, so’z, harf,
raqam va b. kodlardan
foydalanish qobiliyati har
xil. Ma’lumotlarni kodlash
aks ettirilayotgan hodisa
mazmuni va tuzilishiga
muqobil bo’ladi. San’atda va
adabiyotda maxsus
«kodlash» orqali mazmun
yoritiladi. Masalan, mumtoz
adabiyotda. Miya konkret
kod orqali g’oya yaratadi.
Agar odam ko’rgazmali-
obrazli tasavvurlardan
foydalanishga moyil bo’lsa,
ko’rib idrok qilishi kuchli
bo’ladi. Akustik-obrazli
tasavvurning ustunligi
musiqiy fantaziyadan darak
beradi. Borliqni so’z-
obrazlar shaklida
o’zlashtirishga moyillik
shoirlik fantaziyasini
xarakterlaydi va h.k. Lekin
bu - odamni rassom,
kompozitor yoki shoir qilib
qo’ymaydi. Bu kasblar
qobiliyat, ko’nikmalarning
yaxlit kompleksini,
shuningdek, qobiliyatlarni
yo’naltirishga yordam
beruvchi shaxsiy sifatlarni
talab qiladi.
Mustaqil fikrlash-shaxsning
shunday qobiliyatiki, u
tufayli odam narsa va
xodisalar xususida o’z
qarashi va nostandart
yechimlariga ega bo’ladi.
Masalan, konkret predmet
— ruchkaning nima
ekanligini va nima
maqsadda undan
foydalanish mumkinligini
ko’pchilik biladi. Bu —
yozuv quroli. Lekin agar
mustaqil, nostandart
tafakkurga erk berilsa,
uning ko’rsatgich sifatida,
yoki sanoq tayoqchasi
o’rnida, yoki g’altakka
o’xshatib ip o’rash
mumkinligi kabi o’nlab
funksiyalarini aytishi
mumkin. Demak, mustaqil
fikr-insonning narsa va
hodisalar, jamiyatda ro’y
berayotgan hodisalarning
mohiyati xususida o’z
qarashlari bo’lishini taqozo
etadi, uning bilish va
anglash imkoniyatlari
chegarasini kengaytiradi.
Hozirgi buyuk islohotlar
amalga oshirilayotgan
O’zbekiston sharoitida
mustaqil fikrlovchi
yoshlarning bo’lishi davr
taqozosi bo’lib, shaxsiy
dunyoqarashga ega
bo’lgan insonlargina
jamiyat taraqqiyotini
ta’minlovchi ko’plab
loyihalarni ishlab chiqishga
qodir bo’ladilar.
Prezidentimiz siyosatining
bosh omillaridan biri ham
teran fikrlovchi, o’z
mustaqil dunyoqa-rashiga
ega bo’lgan iqtidorli
shaxslarni kamol toptirish
va tarbiyalashdir. Chunki
o’zgalar fikriga qaram
bo’lish, turli biddiyatlar va
yot mafkuraga ergashish
psixologiyasi jamiyat
ma’naviyatini tanazzulga
olib kelishi shubhasiz.
Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, mustaqil fikrlash
bir qarashda shaxsning
individual xususiyati bo’lsa-
da, bu xususiyat jamiyatda,
insonlar o’rtasidagi
munosabatlar muhiti
yaxshi bo’lganda
rivojlanadi. Ya’ni, agar
kichik yoshidanoq bolaning
ko’plab beradigan «Nega?»
«Nima uchun?» qabilidagi
savollariga o’rinli
javoblarning berilishi,
undagi shaxsiy fikrning
rag’batlantirilishi, o’qituvchi
tomonidan u yoki bu
muammo bo’yicha har bir
o’quvchi fikrining so’ralishi
va o’z vaqtida javoblarning
ma’qullanishi kabi omillar
musatqil fikrlashning shart-
sharoitlaridan hisoblanadi.
Demak, mustaqil fikrlash
ijtimoiy muhitga bog’liq
qobiliyat ekan, guruh
sharoitida tashkil etiladigan
to’g’ri muloqot va samimiy
muhit, bahs va
tortishuvlarning
omilkorona yo’lga qo’yilishi
bunda katta tarbiyaviy
ahamiyat kasb etadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев