Biz insonmiz, farishta emas.
Xato qilishga, adashishga haqqimiz bor albatta. Bu dunyodagi siz uchun eng aziz bo‘lgan inson - O‘ZINGIZ!
Siz bor — hayot bor, siz bor —oila bor, farzandlaringiz bor. Siz yo‘q bo‘lishingiz bilan hammasi tugaydiku! O‘zingizni har doim qo‘llab-quvvatlang, o‘zingiz haqingizda faqat ijobiy o‘ylashga odatlaning.
Birovlarga yaxshiligingizni isbotlashni bas qiling. Ruxsat bering, ular siz haqingizda xohlaganlaricha o‘ylayverishsin... Agar siz birortani qattiq sevib, undan mehr-e’tibor, baxt kutsangiz, u siz uchun bularni beruvchi obyektga aylanib qoladi... Tabiat qonunlari bo‘yicha, biz nimani qattiq tortsak, o‘sha narsa bizdan qochadi...
Aslida baxt o‘z ichingizda...
Faqatgina o‘zingizdan uni qidirib topsangiz, tashqi dunyoga ehtiyoj qolmaydi. O‘zingiz uchun o‘zingiz quvonch, yaxshi kayfiyat, baxt bulog‘iga aylanasiz.
📨Boshqalarga ham yuboring!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев