Qonunchilikka koʼra huquqbuzarliklarni sodir etish holatlari boʼyicha jazo choralari qoʼllanishi belgilangan. Jumladan:
🔹 taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda ov qilish, - bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
🔹 «Elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʼllagan holda ov qilish yoxud baliq ovlash, - bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
🔹 «Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, jinoyat alomatlari mavjud boʼlmasa, - fuqarolarga bazaviy hisoblash mikdorining yigirma baravaridan oʼttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa-oʼttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев