🔖BARIBIR...
🗯Odamlar aksariyat holda o'ylamasdan ish qiladilar, ular ko'p xollarda o'z qobiqlariga o'ralib qoladilar - BARIBIR ULARNI MA'ZUR TUTING.
🗯Agar marhamatli bo'lsangiz odamlar sizni xudbin pinhoniy vaj-sabablar bo'yicha ayblashlari mumkin - BARIBIR MEHRIBON BO'LIB QOLAVERING.
🗯Agar yutuqlarga erishsangiz siz bir nechta soxta do'st va bir talay chinakam dushman orttirasiz - BARIBIR YUTUQLARGA ERISHAVERING.
🗯Agar rostgo'y va samimiy bo'lsangiz odamlar sizni aldashlari mumkin - BARIBIR VIJDONLI VA SOFDIL BO'LING.
🗯Siz yillab bunyod etgan narsangizni kimdir bir kechaning o'zida barbod qilishi mumkin - BARIBIR BUNYOD ETAVERING.
🗯Agar tinchlik xotirjamlik va baxt-saodatga erishsangiz kimdir sizga xasad qilishi mumkin - BARIBIR BAXTLI SAODATLI BO'LING.
🗯Bugun siz amalga oshirayotgan ezgu ishlaringiz ko'pincha ertasiga unutilib ketadi - BARIBIR HAYRLI ISHLAR QILAVERING.
🗯Dunyoga o'zingizda nima bo'lsa, eng yaxshisini bering va ehtimol bu hech qachon etarli bo'lmasligi mumkin - BARIBIR DUNYOGA ENG YAXSHISINI BERING.
✔️Yodda tuting, oxir oqibat bularning barchasi SIZ va Parvardigor o'rtasida qad rostlaydi!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев