( Farzandni rostgo`ylikga o`rgatish bo`yicha 6 maslahat )
Bolani yoshligidan to`g`ri so`zlikga o`rgatish juda muhimdir. Aynan shu davrda bolaga yolg`on gapirish yomonligini va to`g`ri so`zlik muhimligini o`rgatmasangiz, keyin kech bo`lishi mumkin. Albatta, bolaga ota-onaning, boshqa kattalarning hatti-harakati katta ta'sir o`tkazadi. Shu sababli to`g`ri so`zlikga o`rgatish - o`zingizning bolaga nisbatan rostgo`y bo`lishingizdan boshlanadi. Ta'kidlash joizki, bolaga qanday muomala qilinsa bola ham javoban shunday muomalada bo`ladi. Shu bolani rostgo`ylikga o`rgatish - o`zingizning yomon odatlaringizdan voz kechish bilan bo`ladi. Quyida bolani to`g`ri so`zlikga o`rgatishda foydali bo`ladigan 6 maslahatni sizga foydali bo`ladi degan umiddaman:
1. Bolaga ishoning. Bolaga ishonishingizni u bilsin va his qilsin. Masalan, agar farzandingiz urushqoqroq bo‘layotganini sezsangiz va ko‘chaga chiqishidan oldin unga har safar «Bugun ham mushtlashib ko‘r-chi!», «Bugun ham ustingdan shikoyat qilib kelishsa bormi!», deb takrorlayversangiz, bu unda xatti-harakat stereotipini shakllantiradi. Siz uni go‘yoki shu janjallarga o‘zingiz bilmagan holda undagan bo‘lasiz. Bunday vaziyatlarda yaxshisi «O‘zingni tinchroq va vazminroq tutgin», degan ma’qul. Muhimi bola ham sizga ishonsin: bergan so‘zingizning ustidan chiqing. Biroq agar va’dani bajarishning uddasidan chiqolmasangiz, unda buning sababini tushuntirib, farzandingizdan kechirim so‘rang.
2. Dunyodagi barcha narsaning asosida haqiqat yotishini tushuntiring, bu bolalar tilida «haqiqat – foydali» demakdir. Odamlar bir-birlariga ishonsalargina kelishib yashashadi. Birgalikda barcha bir-birini aldaydigan jamiyatni tasavvur qiling. Aldov va yolg‘onchi odamlar bilan bog‘liq vaziyatlarni gapirib bering. Masalan, qalbaki pul yasovchilar, qalloblar va hokazo. Aldoqchi odamlar aksariyat hollarda yutqazishlarini, keyinchalik ular ishonchni yo‘qotishlarini, ularni hech kim hurmat qilmasligini tushuntirib bering.
3. Aldaydigan vaziyatini vujudga keltirmang. Ikki xil ma’noda tushuniladigan, ya’ni haqiqatdan ko‘ra yolg‘on gapirish oson bo‘lgan savollarni bermang. Agar bola piyolani sindirgan bo‘lsa va siz buni bilsangiz yoki kim qilganini fahmlagan bo‘lsangiz «Piyolani sen sindirdingmi?», deb so‘ramang. Yaxshisi «Piyolani sindirganingni bilaman, bu qanday yuz berdi?» - degan savolni bering. Bunday aniqlik bola yolg‘on gapirishining oldini oladi. Buning ustiga, agar siz bu paytda xayrixoh kayfiyatda bo‘lsangiz, u yolg‘on gapirib nima ham qilardi. Uyda bolani qattiqqo‘llik bilan jazolash, ota-onalar tomonidan qo‘yiladigan haddan tashqari talablar va kuchli bosim bolaning xarakterini, uning yoshga doir o‘ziga xos xususiyatlarini va krizis holatlarini tushunmaslikdan dalolat beradi. Bu bolada jazolanishdan qo‘rqib ham yolg‘on gapirishga olib kelishi mumkin. Ba’zida bola ota-onasi undan talab qilayotgan ishni bajarishga ojizlik qilishini his qilgan holda ham yolg‘on gapiradi.
4. Haqoratomuz so‘rovlarni uyushtirmang. Agar bola darhol tan olmasa, uni majburlash va so‘roqqa tutish befoyda. Odatda bunday vaziyatda gap qaytarish vujudga keladi. «Yo‘q, bu men emas!» - «Yo‘q, buni tan ol!» - «Yo‘q, men emas» va hokazo. Yaxshisi bunday xatti-harakat odobdan emasligini va yuzaga kelgan vaziyatdan qanday qilib munosib chiqish mumkinligini tushuntirgan ma’qul. Bola tarbiyasi borasidagi hayotiy prinsiplaringizga qarab uni jazolashingiz mumkin (albatta, bunda kaltaklarsiz – men qattiqqo‘llik bilan beriladigan jazolarga qarshiman). Ammo agar bu ishni farzandingiz qilganiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, u holda «Aytgan gaplaring to‘g‘riligiga umid qilaman. Agar yolg‘on bo‘lsa, meni qattiq xafa qilgan bo‘lasan», deb aytish lozim.
5. To‘g‘riso‘zlikni mukofotlab boring. Agar farzandingiz hammasini tan olsa, unga qanchalik quvonganingizni namoyish eting: «Sen to‘g‘ri so‘z ekaningdan xursandman, axir to‘g‘risini aytding-ku». Ammo bu yerda eng murakkab vaziyat yuzaga keladi: farzandingiz hammasini tan oldi, endi yomon xatti-harakat uchun jazo qanday bo‘ladi? Agar uni jazolasangiz,
Fifplay.com saytida o'yinning yangi sonida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan chempionatlarga ovoz berilmoqda.
...http://goo.gl/luqwNV
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6
Lekin o'sib bo'lgan darahtna egsangiz yana shu joyga kelib qolaveradi.
Savolizga javob