"
"ROSSIYA. TUN. POEZD VOKZALI"
Rossiya. Tun. Poezd vokzali.
Hamma yoqqa sokinlik tushardi.
Odamlar beparvo o'zi bilan ovora.
Chetda esa bir yashil kitobcha yotardi.
Ha bu kitobchaga hech kim qaramas.
Hech kimni sira ham ishi bo'lmas.
Huddi axlat qog'ozga o'xshab erda.
Yotardi, be e'tibor bo'lib kerakmas.
Rangi yashil, chambarakda paxta, bug'doy.
O'rtada mag'rur qush, tepasida yulduz, oy.
Turardi gerdayib o'zgacha bir chiroy.
Tog'lar, yashil dala va daryolaru soy.
Bu kitobcha ahvoli juda yomon.
Huddi o'layotgan qushdek chalajon.
Ko'zga tashlanadi bir yozuv shu on.
Tilla ranglarda yozilgandi "O'ZBEKISTON"
Ichida bir chiroyli qiz sur'ati.
Maftunkor edi huddi qizlar sarasi.
Hayolni o'g'irlardi ko'zlari qarosi.
Millati o'zbek. O'zbekiston fuqarosi.
* * *
Esga olar kunlarini birma bir.
Ko'zi yoshga to'ldi bo'lib yomg'ir.
Har gapida alam, nafrat to'la so'z.
O'tgan kuniga lanat aytar bu qora ko'z.
Bolalik chog'larini eslar shod bo'lib.
Qiliqlarini eslaydi beg'ubor kulib.
Otasini erkalashini sog'ingan bu qiz.
Lek hayot uni onasi bilan qoldirgan yolg'iz.
Otasi o'tgan bu yorug' olamdan.
Onasi xasta bo'lgan bu g'amdan.
Bechora pul topish ilinjida yurgan.
O'zini onasi hayotiga baxsh etgan.
Pul topib onasini davolatish uchun.
Har yonga ketishga rozi bo'ldi bir kun.
Erdan qaytgan qo'shni qizga ergashdi.
Nihoyat ishlash uchun rusga ketishdi.
* * *
Rossiya.
Ular keldi biroq aytilgan ish yo'q.
Qo'shnisi qizlarga qilardi baqirib do'q.
Hammasi hayron bu holatdan.
Oydinlik kiritishni so'radi undan.
Ammo u hech nima demay ketdi.
Qizlarni bir sariq soch ayolga tashladi.
Qizlar hayron jaxli chiqardilar.
Bazida esa juda qo'rqardilar.
Keyinchalik ularni foxishalik uchun.
Sotganini bilganda yig'ladi beun.
Qizligini atashini aytganda unga.
Rozilik bermadi qarshi bo'lib bunga.
Shu uchun uni rosa azoblardi.
Qiynardi gohida och qoldirardi.
Foxishalik uchun har onda uni.
Urib bo'lsa ham majbur qilardi.
Hullas, bir kuni bir badavlat kishiga.
Bir kechaga qaror qildi berishga.
Shu tunda u azoblanib xo'rlandi.
Qizligini saqlay olmay, zo'rlandi.
U juda ko'p jabr ko'rdi, siqildi.
Faqat tanasi qoldi, ruhi esa o'ldi.
Oxiri bu yerdan qochishga axd qildi.
Shundan so'ng unga urinib ko'rdi.
Reja tuzdi, nihoyat pasportini topdi.
Hech narsaga qaramasdan qochdi.
Vokzalga borib chipta olayotgan on.
Faxshxonada ayolni ko'rdi shu zamon.
Ko'rib qolmaslik uchun bekindi.
Odamlar orasiga sekin kirdi.
Urindi, surindi, biroz turtindi.
Bir amallab undan uzoq bo'ldi.
Ammo qo'lidagi pasporti tushib qoldi.
Tashvish ustiga yana muommo keldi.
Izlamoqqa ancha urinib ko'rdi.
Lek yana qo'lga tushishdan qo'rqdi.
Bir amallab elchixonani topib borgan.
U yerdagilarga barchasini aytgan.
Hullas ming dard, tashvish bilan.
Uyiga qaytdi bo'lib shodu hursan.
Onasi bilan shirin diydor ko'rishdi.
Shundan so'ng yuragi taskin topdi.
Qiz deydi: Hammadan aziz jonajon.
O'zing baribir yaxshisan O'ZBEKISTON.
Muallif: J.H.Zokirjonovich (psixolog)
"E'tibor uchun tashakkur..."
P/S: Voqea O'zbekiston Respublikasi Odam savdosi jabrbiydalariga yordam berish ilmiy, amaliy reablitatsiya markaziga murojaat etgan 23 yoshli qiz suhbatidan o'zining roziligi asosida yozildi...
"PSIXOLOGIYA VA GIPNOZ ruhan va aqlan kuchli insonlar guruhi..."
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 113