Ichki ishlar vazirligi tizimida xodimlarning intellektual salohiyati, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, savodxonlik madaniyatini oshirish hamda ular o‘rtasida faol kitobxonlar safini kengaytirish va notiqlik xususiyatlarini yuksaltirish maqsadida muntazam ravishda intellektual ko‘rik tanlovlar o‘tkazib kelinadi. Kuni kecha Toshkent shahar Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol-xodimalar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent shahar Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan 21 nafar ayol xodimalar qatnashishdi. Ko‘rik tanlov 3 bosqichda o‘tkazildi.
1-bosqich – “Badiiy asarlar bilimdoni” nomi ostida bo‘lib, unda xodimlar uchun o‘qish tavsiya etilgan 39 ta o‘zbek va jahon adabiyotiga oid kitoblarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyatini sharhlash talabi qo‘yildi. Ishtirokchilar badiiy asarni bilet tortish orqali tanlashdi. Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt ajratilib, natija 100 ballgacha baholandi.
2-bosqich – “Buyuk mutafakkir va adib” sharti. Unda hakamlar tomonidan tavsiya etilgan ulug‘ allomalar, o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalari haqida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida, hakamlar tomonidan qo‘shimcha savollar berildi. Bu shartni bajarishda ham tayyorgarlik ko‘rish uchun 1, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt ajratilib, natija 100 ballgacha baholandi.
3-bosqichda – “Tezkor savol-javob” shartida hakamlar tomonidan o‘qish uchun tavsiya etilgan 39 ta o‘zbek va jahon adabiyotlaridan tuzilgan 3 ta savolga 3 ta javob berish so‘raldi shuningdek, qo‘shimcha savollar berildi. Bilimdon xodimalar bu gal ham savollarni bilet tortish orqali tanladi, ammo bu safar tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmadi, biroq javob berish uchun 2 daqiqa berildi. Mazkur shart uchun bitta to‘g‘ri javob 25 ballgacha baholandi. Tanlov yakunida har bir ishtirokchi tomonidan to‘plangan yakuniy balllar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Tanlov yakuniga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, katta leytenant Gulora Xudjayeva qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB 4-son IIB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori, katta leytenant Onorxol Ismoilovaga, 3-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 1-son IIB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, leytenant Mohinur Soliyeva va Yangihayot tumani bo‘yicha IIO FMB HPB Voyaga yetmaganlar va yoshlar profilaktikasini tashkil etish guruhi inspektori, leytenant Farangiz Toshpulatovalarga nasib etdi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari bo‘lgan xodima ayollarimizga tantanali ravishda diplom va pul mukofotlari topshirildi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев