Предыдущая публикация
Azoblarda õtar tunlar
Õylamasdan õtmas kunlar
Xayolimdan ketmayapsan
Sõroqlaydi sevgan dilim
Tusharmikin unga yõlim
Menga armon bõlgan gulim
Xayolimdan ketmayapsan
Sen tomonga xayol yelar
Yana dardga yurak tõlar
Baxtlimisan bilgim kelar
Xayolimdan ketmayapsan
Sog'indim gul yuzingni
Jonim degan sõzingni
Bir kõrsaydim õzingni
Xayolimdan ketmayapsan
Armonlarga tõlib ketdim
Gõyo dõzaxlarga yetdim
Dardlarimni she'rga bitdim
Xayolimdan ketmayapsan
Ketding armonlarga tashlab
Nam bilmagan kõzni yoshlab
Qololmadim qõling ushlab
Xayolimdan ketmayapsan
Qani imkon topsaydim
Dard õchog'in yopsaydim
Azoblarim daraxtini
Tomiridan chopsaydim
She'r mu'allifi✏️
Qobiljon Soliyev
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1