Ozod Nur she'ri
Xasanboy komilov ijrosi
''Boshqasini sevib qol Yurak''
Tamin totib ko'rding jafoni
Boshqa qilma bunday xattoni
Unutib o'sha bevafoni
Boshqasini sevib qol Yurak
Shuncha azob ko'rganing yetar
Dilginamni tilganing yetar
O'tmishingni yodingdan chiqar
Boshqasini sevib qol Yurak
Yolg'iz boshing toshlarga urma
Sevmaganga suykalib yurma
Baxt qasringni sarobdan qurma
Boshqasini sevib qol Yurak
Ayyorligin yuzlari aytar
Makkorligin ko'zlari aytar
Xayotingni orqaga qaytar
Boshqasini sevib qol Yurak
Kuydiradi yolg'onlar cho'g'i
Ko'ksing to'la xiyonat o'qi
Senga yaxshi boridan yo'g'i
Boshqasini sevib qol Yurak
Qara qadring arzon bo'ldi
Muxabbat yig'lab sarson bo'ldi
Tanlagan gulling xazon bo'ldi
Boshqasini sevib qol Yurak
Dunyoda ko'p unday vafosiz
Aldab sira tolmaydi orsiz
Bir kuning xam o'tadi yor siz
Boshqasini sevib qol Yurak
Sevgisiga soddiq yorlar ko'p
Muxabbatni kuylagan torlar ko'p
Aytganimga bir bor degin xo'p
Boshqasini sevib qol Yurak
'' O'TMISHINGNI YODINGDAN CHIQAR
BOSHQASINI SEVIB QOL YURAK
Ozod Nur
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 16
Желаю вам удачи