yomg’ir yog’ardi,
Yomg’irdan usti-boshi ho’l
bir go’zal qiz ketardi.
Pushti rangli kiyimli qiz,
kiyimi o’ziga yarashgan,
Qora-jingalak sochi
beligacha tushgan.
Ko’zlari tiniq ko’m-ko’k
moviy osmon rangida,
Qizning yomg’irli yuzida
o’zgacha joziba.
Lablari qip-qizil alvon
ranga bo’yalgan,
Ko’rinishdan hali 18
to’lmagan.
Soat 11 qo’lida pler
qanaqadur ashula,
U nimadandur xafa mayus
boqar moviy ko’zla.
Sumkasida bloknot,
ruchka, telefon ayfon,
Yana qanaqadir jurnal
yozilgan 7-chi son.
Yana bir pochka sigareta
g’alati odat,
Baland bo’yli bola bilan
birga tushilgan sur’at.
Yana tush, pamada, lak
xullas pardoz-andoz,
Chetda yotar, g’ijimlangan
doktor bergan qog’oz.
Qizcha xomush qaytardi
kasalxona tomondan,
Tushkun kayfiyat sezilardi
yuzidan.
Qizning qulog’ida hamon
doktor etgan so’z,
Tabrikliman yaqinda ona
bo’lasiz.
Qizni qiynardi savol,
onamga nima diyman,
Endi otamni ko’ziga
qanaqib qariyman.
Yomg’ir yog’ar qizni ko’z
yoshlarini berkitib,
U yig’lashdan to’xtamasdi
o’z aybini bilib.
Qancha afsus, nadomat,
lekin endi kech,
Bo’lar ish bo’ldi, vaqt o’tdi,
qaytmaydi hech.
Bechora tushkunlikdan
aqldan ozar,
Chora topolmay o’zini
o’ldirishga qaror qilar.
Qizcha bilardi o’zini
o’ldirish katta gunoh,
Balki shunga pichirlardi:
"Mani kechirgin Olloh”.
Yuragida qurquv
qayoqqadur oshiqar,
9 qavatli dom tomon
qadami tezlashar.
Lift tugmasin bosadi yurak
urushi tezlashar,
Qiz o’ylagan axmoqlik
tobora yaqinlashar.
Liftda turardi qizcha xuddi
bir qafasda,
Xo’rsinardi, ox urardi har
bir nafasda.
Ko’zini yumganicha
boshini devorga urar,
Qizning vujudida yana bir
yurak urar.
9-chi qavat lifti to’xtab
eshigi ochilar,
To’g’rida oyna ortida
osmon o’ziga chorlar.
Qizcha ko’p o’ylamay
o’zini oynaga urar,
Oyna siniqlari qizni yuzuni
tirnar.
Yer, Osmon, Quyosh
aylanardi bosh,
Endi u yig’lamas tugab
bo’lgandi ko’zyosh.
Boshida ko’p hayollar,
ko’p ishga ulgurmadim,
Hech bo’lmasa onamga
xat yozib qoldirmadim.
Butun umri o’tadi bir
zumda ko’z oldidan,
U dardlardan ozod
soniyalik parvozdan.
U ko’p ozor chekdi, lekin
juda oz yashadi,
Bechora qiz tanasi yer
bilan to’qnashadi.
Atrofi to’la odam hamon
yomg’ir yog’ardi,
O’rtada sukunat kimdur
chetda yig’lardi.
Kimdir yoqasin tishlar bu
qandayin daxshat,
Qiz bag’riga bosardi
qonga bo’yalgan asfalt.
Ko’zlari ko’m-ko’k qizaloq,
U misli lola-qizg’aldoq.
Ko’ngli gul ko’rmasdan
hamon, Xazonga aylanar
umri.
18 ga hali to’lmay, Xato
qildi aqli yetmay.
Shu xato oqibatida, Qizcha
yotar nafas olmay.
Pushti rangli kiyimli qiz,
kiyimi o’ziga yarashgan,
Qora-jingalak sochi
beligacha tushgan.
Ko’zlari tiniq ko’m-ko’k
moviy osmon rangida,
Qizning yomg’irli yuzida
o’zgacha joziba.
Lablari qip-qizil alvon
ranga bo’yalgan,
Ko’rinishdan hali 18
to’lmagan.
Sumkasida bloknot,
ruchka, telefon ayfon,
Yana qanaqadir jurnal
yozilgan 7-chi son.
Yana bir pochka sigareta
g’alati odat,
Baland bo’yli bola bilan
birga tushilgan sur’at.
Yana tush, pamada, lak
xullas pardoz-andoz,
Chetda yotar, g’ijimlangan
doktor bergan qog’oz..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 5